Logo

Isitish mavsumida 1 mln so‘mlik moddiy yordamni kimlar olishi mumkin?

Кеча 16:302 дақиқа

Avvalroq 2026/2027-yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 mln so‘mlik bir martalik moddiy yordam va kommunal to‘lovlar uchun kompensatsiyalar ajratilishi haqida xabar berilgandi.

Isitish mavsumida 1 mln so‘mlik moddiy yordamni kimlar olishi mumkin? © Ijtimoiy tarmoqlar

2026/2027-yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam va kommunal kompensatsiyalar ajratiladi.

Qayd etilishicha, 1 mln so‘m miqdoridagi bir martalik mablag‘lar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, shuningdek, reyestrda bo‘lmasa-da, «mahalla yettiligi» xulosasi asosida va boshqa belgilangan mezonlarga mos keluvchi oilalarga to‘lab beriladi. Bunda, oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobaridan oshmaydigan oilalar nazarda tutilgan.

Ushbu mablag‘lar joriy yilning 30-noyabriga qadar fuqarolarning bank yoki ijtimoiy kartalariga o‘tkazilishi ta’kidlangan.

Elektr, ko‘mir va suyultirilgan gaz uchun kompensatsiya tartibi

Belgilangan mezonlarga mos oilalarning elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli uchun tariflar farqi davlat tomonidan qoplanadi.

Tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan yoki yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlarda esa isitish mavsumi uchun elektr energiyasining bazaviy me’yori 350 kVt/soat etib belgilanadi.

Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalarga ko‘mir va suyultirilgan gaz uchun ham kompensatsiya beriladi. Jumladan, quyidagi tartibda mablag‘ qoplab berilishi nazarda tutilgan:

— Suyultirilgan gaz uchun — xarid qilingan har bir kilogrammga 3000 so‘mdan (oyiga 20 kilogrammgacha);
— «mycoal.uz» orqali xarid qilingan ko‘mir uchun — har bir tonnaga 300 ming so‘mdan (bir kalendar yilda jami 600 ming so‘mgacha).

Ta’kidlash lozimki, bir martalik yordam va kommunal kompensatsiyalar alohida choralar hisoblanib, ularni olish shartlari bir-biridan farq qiladi. Batafsil ma’lumot olish uchun fuqarolardan «Inson» markaziga yoki o‘z mahallasidagi ijtimoiy xodimga murojaat qilish so‘ralgan.

Теглар

Мавзуга оид