JSTga kirishning so‘nggi muddati, blogerlar to‘lagan soliq miqdori va Toshkentdagi ijara narxlari — 7-may dajesti

Кеча 23:114 дақиқа

Kun davomida O‘zbekistonda yuz bergan voqealar va hodisalar, yoritilgan yangiliklar va xabarlarning eng muhimlarini yana bir bor esga olamiz.

JSTga kirishning so‘nggi muddati, blogerlar to‘lagan soliq miqdori va Toshkentdagi  ijara narxlari — 7-may dajesti

O‘zbekistondagi top blogerlar to‘lagan soliq miqdori ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2026 yilning birinchi choragida energetika resurslari qazib olish hajmi sezilarli qisqardi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy gaz qazib chiqarish 9,6 mlrd kub metrni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga kamaygan.

Shu davrda neft qazib olish 157,3 ming tonna bo‘lib, yillik hisobda 2,2 foizga pasaygan. Gaz kondensati ishlab chiqarish hajmi esa 18,3 foizga qisqarib, 242,3 ming tonnaga tushgan. Ko‘mir qazib olish ham 8,3 foizga kamayib, 1,1 mln tonnani tashkil etdi.

Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda o‘sish kuzatildi. Avtomobil benzini ishlab chiqarish 313,2 ming tonnaga, dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish esa 280,9 ming tonnaga yetdi. Portlandsement ishlab chiqarish 13,9 foizga oshib 4,1 mln tonnani tashkil qilgan bo‘lsa, elektr energiyasi ishlab chiqarish 22,93 mlrd kW/hga yetdi.

Prezident JSTga a’zolikni 2026 yilda yakunlashni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zolik jarayonini 2026 yilda yakunlash bo‘yicha topshiriq berdi. Prezident 6-may kuni o‘tkazilgan taqdimotda to‘laqonli a’zolikni rasmiylashtirish uchun qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish va muzokaralarni tezlashtirish zarurligini ta’kidladi.

2025 yil davomida O‘zbekiston JST bilan muzokaralarda salmoqli natijalarga erishdi. Xususan, 40 dan ortiq muzokaralar raundi o‘tkazilib, 11 ta davlat bilan kelishuvlar yakunlandi. Natijada muzokaralari tugallangan davlatlar soni 33 taga yetdi. Shu bilan birga, 68 ta qonunchilik hujjati xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtirildi, eksport cheklovlari bekor qilinib, texnik va sanitariya to‘siqlari qisqartirildi.

Hozirgi kunda 33 mamlakatdan 31 tasi bilan protokollar imzolangan bo‘lib, muzokaralarni faqat Tayvan (Xitoy Taypeyi) bilan yakunlash qolgan. O‘zbekiston 2026 yilda o‘tkaziladigan JST vazirlar konferensiyasiga qadar tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishni maqsad qilmoqda.

O‘zbekistonda «propiska» tartibi yangilandi

O‘zbekistonda fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish («propiska») tartibi yangilandi. Hukumatning 2026 yil 5-maydagi qarori bilan tasdiqlangan yangi nizomga ko‘ra, endilikda ro‘yxatdan o‘tish jarayoni Face-ID va Mobile-ID orqali raqamli identifikatsiya asosida amalga oshiriladi.

Yangi tartibga muvofiq, ro‘yxatdan o‘tishda fuqaro hamda uy-joy mulkdorining ishtirok etishi va roziligi majburiy hisoblanadi. Fuqarolar ichki ishlar organlarining migratsiya bo‘linmalari, davlat xizmatlari markazlari yoki «Aqlli migratsiya» shoxobchalari orqali murojaat qilishi mumkin. Shuningdek, YAIDXP va «E-xabar berish» tizimi orqali onlayn ariza topshirish imkoniyati ham yaratildi.

Nizomga ko‘ra, bir nechta uy-joyga ega shaxs faqat bitta manzilda doimiy ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Voyaga yetmaganlar esa ota-onasi yoki vasiysi ro‘yxatda turgan manzil bo‘yicha avtomatik tarzda ro‘yxatga olinadi. Fuqarolar yangi manzilga ko‘chib kelganidan keyin 10 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tishi shartligi belgilandi.

Naqdsiz oldi-sotdi islohotining ijara bozoriga ta’siri ma’lum qilindi

Toshkentda uy-joy oldi-sotdisida hisob-kitoblarning naqdsiz shaklga o‘tkazilishi ijara bozorida keskin o‘zgarishlarga olib kelmadi. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining OLX platformasidagi 1,7 milliondan ortiq e’lonlar asosida o‘tkazgan tahliliga ko‘ra, 2026 yil aprelida poytaxtda median ijara narxi 550 dollar darajasida saqlanib qolgan. E’lonlar soni ham deyarli o‘zgarmagan — aprelda 22,8 mingta e’lon qayd etilgan.

Xonalar kesimida esa turlicha dinamika kuzatilgan: 1 va 2 xonali uylar narxi yillik hisobda oshgan bo‘lsa, 3 va 4 xonali uylarda pasayish qayd etilgan. Eng qimmat tumanlar Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy bo‘lib qolmoqda, eng arzon ijara esa Bektemir, Sergeli va Uchtepada kuzatilgan. Mutaxassislar bozordagi uzoq muddatli tendensiyalarni baholash uchun hali erta ekanini ta’kidlab, aniq o‘zgarishlar yilning ikkinchi va uchinchi choraklarida shakllanishi mumkinligini bildirgan.

2026-yilning uch oyida budjetga qancha soliq tushumlari kelib tushdi?

2026 yilning birinchi choragida O‘zbekiston davlat budjetiga 63,6 trln so‘m soliq tushumlari kelib tushdi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga ko‘p. Eng katta tushum foyda solig‘i hissasiga to‘g‘ri kelib, ushbu tur bo‘yicha 20,4 trln so‘m yig‘ilgan. QQS tushumlari 12,5 trln so‘mga, jismoniy shaxslar daromad solig‘i esa 10,7 trln so‘mga yetgan.

Shuningdek, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 6 trln so‘m, aksiz solig‘i 4,6 trln so‘mni tashkil etgan. Yer solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha ham o‘sish qayd etilgan. Eng yuqori o‘sish sur’ati suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqda kuzatilib, 82 foizga oshgan. Soliqsiz tushumlar hajmi esa 3,3 trln so‘mni tashkil qildi.

Теглар

Мавзуга оид

JSTga kirishning so‘nggi muddati, blogerlar to‘lagan soliq miqdori va Toshkentdagi ijara narxlari — 7-may dajesti | Vaqt.uz