Logo

«Mard o‘g‘lon» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

Yigitlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

«Mard o‘g‘lon» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi © Foto: prezident.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qarorga muvofiq, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan, fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, san’at, sport, ishlab chiqarish va harbiy sohalarda yutuqlarga erishgan bir guruh iqtidorli yoshlar davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

Hujjatga ko‘ra, mukofotga sazovor bo‘lgan har bir yoshga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti ajratiladi. Sovrindorlarga tegishli diplom va ko‘krak nishonlari tantanali vaziyatda topshiriladi.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:

Allashov Raxim Tolibay uli - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining  harbiy qism guruh mutaxassisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
Alimbayev Nodirbek Turg‘un o‘g‘li - To‘rtko‘l tumanidagi “Ullubog‘” ovul fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
Teshaboyev Oybek Abdumannob o‘g‘li - Andijon davlat texnika institutining doktoranti (Andijon viloyati)
Xursanov Doniyorbek Damirjon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism guruh komandiri (Andijon viloyati)
Rahimov Daler Rahmonovich - 58-xalqaro kimyo olimpiadasi ilmiy qo‘mitasi a’zosi (Buxoro viloyati)
Mustaqimov Sherali Shuhrat o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlar markazi katta inspektori (Buxoro viloyati)
Zokirov Jaxongir Lazizbek o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (Jizzax viloyati)
Abduxaliqov Javoxir Aliboy o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism otryad mutaxassisi (Jizzax viloyati)
Xudoyqulov Javohir Tursunpo‘lat o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi (Qashqadaryo viloyati)
Yuldoshev Dilshodbek Ulug‘bek o‘g‘li - Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining guruh katta mutaxassisi (Qashqadaryo viloyati)
Istamov Hayot Yo‘lchiyevich - Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi (Navoiy viloyati)
Salimjonov Xazrat Akramjon o‘g‘li - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Navoiy mashinasozlik zavodi muhandis-texnologi (Navoiy viloyati)
Astanaliyev Elmurod Tursunali o‘g‘li - Toshkent davlat transport universiteti mustaqil izlanuvchisi (Namangan viloyati)
Karimov Umidjon Javlon o‘g‘li - Toshkent shahar bojxona boshqarmasining bo‘lim katta tezkor vakili (Namangan viloyati)
Elbekov Shohzodbek Elbek o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism otryad komandiri (Samarqand viloyati)
Xudoyberdiyev Dilshodjon Rayimberdi o‘g‘li - Samarqand viloyati suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining akademik eshkak eshish bo‘limi sportchisi (Samarqand viloyati)
Xolmatov Otabek Shuxrat o‘g‘li - Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining otryad katta mutaxassisi (Sirdaryo viloyati)
Musurmonqulov Bektosh Qodirberdi o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining  harbiy qism guruh mutaxassisi (Sirdaryo viloyati)
Qosimxojiyev Najmiddin Abdujabbor o‘g‘li - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 4-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati)
Noraliyev Sarvar Nurislom o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qism batareya komandiri (Surxondaryo viloyati)
Xalmaxanov Aytjan Daniyor o‘g‘li - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 2-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)
Larin Yevgeniy Alekseyevich - Toshkent davlat tibbiyot universiteti 6-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)
Mahammadjonov Qudratbek Ulug‘bek o‘g‘li - Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-bosqich magistranti (Farg‘ona viloyati)
Muxammadxonov Shuxratjon Muzafarjon o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy musiqa akademik litseyi komandiri (Farg‘ona viloyati)
Rajapov Artur Ixtiyor o‘g‘li - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, haykaltarosh (Xorazm viloyati)
Aminboyev Qodirbergan Olimboy o‘g‘li - Urganch davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)
Begmuratov Humoyun Xusniddinovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zosi (Toshkent shahri)
G‘ulomov Paxlavon Farrux o‘g‘li - Toshkent shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)

Теглар

Мавзуга оид