Logo

Markaziy Osiyoda ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi davlat ma’lum bo‘ldi

Бугун 19:411 дақиқа

O‘zbekiston «Global Relocation Index 2026» reytingida 110-o‘rinni egalladi.

Markaziy Osiyoda ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi davlat ma’lum bo‘ldi

«Global Relocation Index 2026» reytingiga ko‘ra, Qozog‘iston Markaziy Osiyoda yashash va boshqa davlatdan ko‘chib o‘tish uchun eng jozibador mamlakat deb topildi.

Mintaqada keyingi o‘rinni O‘zbekiston (110-o‘rin) egalladi. Keyingi pog‘onalardan esa Qirg‘iziston (118), Tojikiston (137) va Turkmaniston (155) joy oldi.

Tadqiqot doirasida jami 192 mamlakat va hudud baholanib, ularning xorijliklar uchun yashash va ko‘chib o‘tishga qanchalik qulay ekani aniqlangan.

Baholash mezonlari

Indeksni tuzishda mutaxassislar 24 ta mezondan foydalangan. Ular orasida yashash xarajatlari, xavfsizlik, sog‘liqni saqlash tizimi sifati, soliq siyosati, bank xizmatlari hamda xorijliklarning yangi muhitga moslashish imkoniyatlari bor.

Barcha ko‘rsatkichlar to‘rtta asosiy yo‘nalishga — moliyaviy sharoit va soliqqa tortish, yashash sifati, xavfsizlik hamda joylashib olish qulayligiga bo‘lingan. Aynan mana shu toifalar asosida har bir mamlakatga ko‘chib o‘tish jozibadorligini aks ettiruvchi yakuniy ball berilgan.

Ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi davlatlar

«Global Relocation Index 2026» reytingida Estoniya dunyoda yashash va boshqa mamlakatdan ko‘chib o‘tish uchun eng jozibador davlat deb topildi. Keyingi o‘rinlarni Singapur, Malayziya, Portugaliya va Tayvan egallagan.

Top-10 likdan, shuningdek, Litva, Gonkong, Sent-Kits va Nevis, Chexiya hamda Malta joy olgan.

Теглар

Мавзуга оид