Logo

«Paynet» aksiyadorlariga 238 mlrd so‘mdan ortiq dividend to‘laydi

Бугун 19:151 дақиқа

Kompaniyaning har bir oddiy aksiyasi uchun 146 so‘mdan dividend belgilangan. Dividendlarni to‘lash 3-noyabrdan boshlangan va 3-dekabrga qadar davom etadi.

«Paynet» aksiyadorlariga 238 mlrd so‘mdan ortiq dividend to‘laydi © Ijtimoiy tarmoqlar

«Paynet» aksiyadorlik jamiyati 2026-yilning birinchi yarmida olingan sof foyda hisobidan 238 mlrd 58 mln so‘m dividend to‘laydi. Bu haqda kompaniyaning 3-noyabr kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi yakunlarida ma’lum qilindi.

Qarorga ko‘ra, dividendlar kompaniyaning jami 1 mlrd 630 min 534 ming 413 dona joylashtirilgan oddiy aksiyalari bo‘yicha taqsimlanadi va har bir aksiga 146 so‘mdan to‘g‘ri keladi.

Taqqoslash uchun, 2026-yilning 5-oktabr kuni kompaniya har bir aksiyaga 68,79 so‘mdan dividend belgilagan edi. Yangi qarorda bu miqdor 112 foizga (2,1 baravarga) oshib, 146 so‘mga yetgan.

Dividendlarni to‘lash 3-noyabrda boshlangan va 3-dekabrda yakunlanishi belgilangan bo‘lib, to‘lovlar to‘liq pul shaklida amalga oshiriladi.

Moliyaviy ko‘rsatkichlar va boshqa qarorlar

Birinchi yarim yillik yakunida «Paynet» 615,5 mlrd so‘m sof foyda ko‘rgan. Demak, yangi qaror bilan ushbu foydaning qariyb 38,7 foiziga teng mablag‘ dividend to‘lashga yo‘naltirilmoqda.

Kompaniyaning to‘qqiz oylik natijalariga kura esa sof foyda 780,2 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davridagi 330,5 milliard so‘mlik ko‘rsatkichdan 2,4 baravar ko‘pdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Paynet» GoInvest'ning asosiy aksiyadoriga aylangani xabar qilingandi.

Теглар

Мавзуга оид