Logo

Putin sudlangan migrantlarga Rossiya fuqaroligini berishni taqiqladi

Бугун 12:252 дақиқа

Sudlanmagani haqida hujjat ariza yuborilganidan ko‘pi bilan uch oy oldin fuqaroning kelib chiqqan davlati tomonidan berilgan bo‘lishi lozim. Agar shaxs sudlangan bo‘lsa, buni tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etishi kerak.

Putin sudlangan migrantlarga Rossiya fuqaroligini berishni taqiqladi © 78.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sudlangan xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiya fuqaroligi, shuningdek vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP) va doimiy yashash guvohnomasi (VNJ) berishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Hujjat 4-avgust kuni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

Qonunga ko‘ra, Rossiya yoki boshqa davlat hududida sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki qonuniy tartibda tugallanmagan shaxslarga fuqarolik, RVP va VNJ berish rad etiladi. Bunda jinoyatning og‘irlik darajasi ahamiyatga ega emas.

Shuningdek, 14 yoshdan katta bo‘lgan xorij fuqarolari RVP yoki VNJ olish uchun ariza topshirayotganda Ichki ishlar vazirligining hududiy organlariga sudlanmagani haqida ma’lumotnoma taqdim etishi shart. Ushbu hujjat ariza berilganidan ko‘pi bilan uch oy oldin fuqaroning kelib chiqqan davlati tomonidan berilgan bo‘lishi lozim. Agar shaxs sudlangan bo‘lsa, buni tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etishi kerak.

Bu talab 14 yoshga to‘lmagan xorijliklarga, qochqin maqomini olgan yoki Rossiyada siyosiy yoki vaqtinchalik boshpanaga ega shaxslarga, Rossiya Qurolli kuchlarida shartnoma asosida xizmat qilayotgan yoki ular safida jangovar harakatlarda ishtirok etgan xorijliklarga, shuningdek avvaldan bunday ma’lumotnomani taqdim etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Yangi talablar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham nisbatan qo‘llanadi. Ukraina fuqarolari uchun esa o‘tish davri belgilangan. Qonun kuchga kirganidan keyingi ikki yil davomida ular sudlanmagani haqidagi ma’lumotnomani taqdim etmasligi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya urushga safarbar qilganlarning uchdan ikki qismi halok bo‘lgandi. Shuningdek, Putin O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan harbiy kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqmoqchiligi xabar qilingandi.

Теглар

Мавзуга оид