Logo

Qaysi banklarda mikroqarz va avtokredit foizlari eng past?

Бугун 16:122 дақиқа

Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari taklif qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning yangilangan foiz stavkalarini ma’lum qildi.

Qaysi banklarda mikroqarz va avtokredit foizlari eng past? © Foto: invezz.com

Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini yangiladi. 2026-yil 9-noyabr holatiga aholiga ajratilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 27,5 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 21,8 foizni tashkil etmoqda.

Mikroqarz stavkalari

Mikroqarzlar bo‘yicha eng past o‘rtacha foiz stavkasi «Mikrokreditbank»da qayd etilgan — 21,9 foiz. Keyingi o‘rinlarda «Asaka bank» — 22,2 foiz, «SQB» va «Infinbank» — 24 foiz, «Asia Alliance bank» — 24,2 foiz hamda «Trastbank» — 24,3 foiz bilan joylashgan.

«Milliy bank»da mikroqarz stavkasi 24,7 foiz, «Aloqabank»da 24,9 foiz, «Universal bank»da 25,1 foiz, «Xalq banki»da 25,2 foiz va «Agrobank»da 25,4 foizni tashkil etmoqda. «Ziraat bank»da bu ko‘rsatkich 26,3 foiz, «OFB»da 26,9 foiz, «Kapital bank»da 27 foizga teng.

Yuqoriroq stavkalar «Poytaxt bank»da 27,6 foiz, «BRB»da 29,4 foiz, «Garant bank»da 29,9 foiz va «Hamkorbank»da 30,4 foiz bilan qayd etilgan. «Apex bank»da stavka 31,7 foiz, «Ipoteka bank»da 32 foiz, «Anor bank»da 34,1 foiz, «Davr bank»da 34,5 foiz, «Tenge bank»da 35 foiz va «Ipak yuli bank»da 35,2 foizni tashkil etmoqda. «Uzum bank»da bu ko‘rsatkich 38 foiz, «TBC bank»da 39,2 foiz va «AVO bank»da 39,9 foizga yetgan.

1

markaziy bank


Avtokredit stavkalari

Avtokreditlar bo‘yicha eng past o‘rtacha foiz stavkasi «Ipoteka bank» va «Apex bank»da — 18,3 foiz. Keyingi o‘rinlarda «Asaka bank» — 18,4 foiz, «BRB» — 18,5 foiz va «Aloqabank» — 18,6 foiz bilan joylashgan.

«Mikrokreditbank»da avtokredit stavkasi 21 foiz, «SQB»da 21,1 foiz, «Milliy bank»da 21,2 foiz, «Asia Alliance bank»da 21,8 foiz va «TBC bank»da 22 foizni tashkil etmoqda.

«Turon bank»da stavka 22,3 foiz, «Poytaxt bank»da 22,5 foiz, «Ipak yuli bank»da 22,6 foiz, «Xalq banki» va «OFB»da 23,2 foiz, «Trastbank»da 23,5 foizga teng.

Boshqa banklarda avtokredit stavkalari quyidagicha: «Garant bank» — 24,5 foiz, «Davr bank» — 25,4 foiz va «Hamkorbank» — 25,8 foiz. Ushbu yo‘nalishdagi banklar bo‘yicha o‘rtacha stavka 21,8 foizni tashkil etmoqda.

2

markaziy bank

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kredit reklamalarida moliyaviy xavflar haqida ogohlantirish majburiyati belgilangani haqida xabar berilgandi.

Теглар

Мавзуга оид