Logo

Toshkent metrosi 23-iyun kuni 01:00 gacha ishlaydi

Бугун 14:131 дақиқа

Ertaga bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Portugaliya o‘yini munosabati bilan poytaxt metropolitenining ish vaqti uzaytirildi.

Toshkent metrosi 23-iyun kuni 01:00 gacha ishlaydi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Ertaga 23-iyun kuni, Jahon chempionatining 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston-Portugaliya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan Toshkent metropolitenining ish vaqti uzaytirildi.

O‘zbekiston MTJning Portugaliyaga qarshi uchrashuvi soat 22:00 da boshlanadi. Natijada poytaxtda yo‘lovchilar oqimi ortishi mumkin.

Shu munosabat bilan barcha yo‘nalishlarda poyezdlar harakati bir soatga uzaytirilib, metro 01:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.

Ma’lumot o‘rnida, 18-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Kolumbiya o‘yini sababli barcha davlat tashkilotlarida ish vaqti soat 10:00 da boshlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada ilk bor ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi turnirning birinchi turida Kolumbiya termasiga qarshi bahs o‘tkazdi. Uchrashuvda 3:1 hisobida Lotin Amerikasi vakillari g‘alaba qozongan edi.

Теглар

Мавзуга оид