add

Rossiyada sahnida 49 kishi bo‘lgan An-24 samolyoti radarlardan g‘oyib bo‘ldi

24.07.2025 | 12:0041513

«Angara» aviakompaniyasining Blagoveshchenskdan Tindaga yo‘l olgan An-24 samolyoti Amur oblastida nazorat nuqtasida aloqaga chiqmadi. Bortda 43 nafar yo‘lovchi, jumladan 5 bola va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Qidiruv ishlari boshlangan.

Rossiyada sahnida 49 kishi bo‘lgan An-24 samolyoti radarlardan g‘oyib bo‘ldi
2025 yil 24 iyul kuni Rossiyaning Amur oblastida «Angara» aviakompaniyasiga tegishli An-24 yo‘lovchi samolyoti bilan aloqa uzilgani xabar qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi Xabarovsk — Blagoveshchensk — Tinda yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan. TASS agentligi ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Tinda shahri aeroporti yaqinida nazorat nuqtasiga yetib kelganda aloqaga chiqmagan. Dastlabki xabarlarda bortda 40 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi borligi aytib o‘tilgan bo‘lsa, Amur oblasti gubernatori Vasiliy Orlov so‘nggi ma’lumotlarga tayanib, bortda 43 yo‘lovchi, jumladan 5 nafar bola borligini ma’lum qildi. Gubernator Telegram-kanalida yozishicha, samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lgan va u bilan aloqa tiklanmagan. Hozir Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Hozircha havo kemasi tomonidan hech qanday muammo haqida signal yuborilmagan. Rossiyaning tegishli qutqaruv xizmatlari, jumladan MCHS, holatni nazoratga olgan. Havo kemasi taqdiri va ehtimoliy halokat yuzasidan yaqin soatlarda qo‘shimcha ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid