Logo

Marko Rubio 100 dan ortiq biznes vakillarini Samarqandga boshlab kelmoqda

Бугун 20:301 дақиқа

Davlat kotibi O‘zbekiston rahbariyati va Markaziy Osiyo davlatlari vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazmoqchi.

Marko Rubio 100 dan ortiq biznes vakillarini Samarqandga boshlab kelmoqda

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio joriy yilning oktabr oyi o‘rtalarida 100 dan ortiq Amerika kompaniyalaridan iborat biznes-delegatsiyaga boshchilik qilgan holda O‘zbekistonning Samarqand shahriga keladi. Bu haqda 24-sentabr kuni Hindistondagi AQSH diplomatik vakolatxonasi saytida ma’lum qilindi.

C5+1 formatidagi muzokaralar va hamkorlik

Qayd etilishicha, tashrif AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish hamda ikki tomonlama diplomatik, savdo va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Tashrif doirasida Davlat kotibi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari ishtirokida o‘tadigan C5+1 formatidagi vazirlar yig‘ilishida qatnashadi.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvlarda mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, energetika xavfsizligini oshirish va C5+1 doirasida umumiy mintaqaviy masalalar bo‘yicha hamkorlik muhokama qilinadi.

Shuningdek, Marko Rubio Markaziy Osiyo bo‘ylab savdo ko‘lamini kengaytirish, xususiy sektor investitsiyalarini rag‘batlantirish va iqtisodiy modernizatsiyani qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekiston rahbariyati va Markaziy Osiyo davlatlari vakillari bilan o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Теглар

Мавзуга оид