Logo

Qashqadaryoda tabiatga 480 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Бугун 11:501 дақиқа

Ko‘mir koniga yo‘l qurish davomida 33 tup daraxt va qariyb 3 ming tup buta ildizi bilan qo‘porilgan. Holat yuzasidan korxona rahbari va boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qashqadaryoda tabiatga 480 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi © uza

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi Zarmas ko‘mir koniga yo‘l qurish jarayonida daraxt va butalar noqonuniy ravishda ildizi bilan qo‘porib tashlangan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘l qurilishi davomida 24 tup Zarafshon archasi, 9 tup uchqat daraxti va qariyb 3 ming tup buta yo‘q qilingan. Tabiatga yetkazilgan zarar 480 mln so‘mdan ortiq deb baholangan.

Tekshiruv davomida mazkur hududda noqonuniy ko‘mir qazib olish holati ham aniqlangan. Xususan, xususiy korxona mansabdor shaxslari faqat geologik o‘rganish uchun berilgan ruxsatnoma asosida Zarmas konidan ko‘mir qazib olib, uni sotish bilan shug‘ullangan.

Korxona xodimi 500 tonna ko‘mirni 350 mln so‘mga sotishga kelishgan. U kelishilgan mablag‘ning 50 mln so‘mini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan korxona rahbari va boshqa shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) hamda 198-moddasi 3-qismi (o‘simliklarni qasddan shikastlantirish yoki nobud qilish orqali ko‘p miqdorda zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид