Semirib ketgan hukumat va unutilgan Jamoatchilik palatasi — «Byurokratiyasiz O‘zbekiston» anjumanida qizg‘in savol-javob
Ijro hokimiyatini ixchamlashtirish, e’tibordan chetda qolayotgan Jamoatchilik palatasi va yangi siyosiy partiyalar tuzishdagi byurokratiya yuzasidan berilgan savollarga mas’ullar qanday javob qaytardi?
Bugun, 21-sentabr kuni Milliy kontent markazi binosida Strategik rivojlanish agentligi hamda Adliya vazirligi mas’ullari ishtirokida «Byurokratiyasiz O‘zbekiston» nomli matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda hukumat vakillari davlat boshqaruvida byurokratiyani kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillariga hisobot berdi.
Tadbirda Vaqt.uz muxbiri tomonidan hukumat mas’ullariga tarvaqaylab ketgan ijro hokimiyatini ixcham hamda samarali tashkil etish, e’tibordan chetda qolayotgan Jamoatchilik palatasi faoliyati hamda yangi siyosiy partiyalar tuzishdagi byurokratiya borasida savollar bilan murojaat qilindi.
Quyida ushbu qizg‘in va bahsli tarzda kechgan savol-javob jarayonini tomosha qilishingiz mumkin.
Теглар






