Logo

Toshkent–Andijon pulli yo‘li qurilishi 2027 yilda boshlanadi — Prezident

Бугун 21:482 дақиқа

Yo‘l bilan birga Xonobod–Andijon yo‘nalishida 78 kilometrlik yana bir pulli avtomobil yo‘lini loyihalash ham boshlanadi.

Toshkent–Andijon pulli yo‘li qurilishi 2027 yilda boshlanadi — Prezident

2027 yilda Toshkent–Andijon pulli avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 sentyab kuni Andijon viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Yangi yo‘l Andijon viloyatining transport va logistika salohiyatini kengaytirishga qaratilgan loyihalar qatorida tilga olindi.

Shuningdek, O‘zbekiston rahbariga ko‘ra, yangi transport oqimiga mos ravishda 78 kilometrlik Xonobod–Andijon pulli avtomobil yo‘lini loyihalash ishlari ham boshlanadi.

Tender 2027 yilning birinchi choragida yakunlanishi kutilmoqda

Bundan bir kun oldin, 23-sentabr kuni Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov Toshkent–Andijon pulli yo‘li bo‘yicha tender jarayonlari 2027 yil birinchi choragi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilayotganini aytgan edi.

Uning ma’lum qilishicha, Toshkent–Samarqand, Toshkent–Chorvoq hamda Namangan–Pungan pulli avtomobil yo‘llari bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li yuk tashishni oshiradi

Prezident yig‘ilishida Andijonning yangi transport oqimlariga tayyorgarligi ham muhokama qilindi.

«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li orqali yuk oqimi oshishini hisobga olib, Qo‘rg‘ontepa va Xonobodda 600 million dollarlik logistika kompleksi loyihasi boshlanadi. Qirg‘iziston bilan kelishilgan «Keskanyor» chegara postini qurish yuk tashish hajmini oshirish va muddatini qisqartirishga xizmat qiladi», - deya ta’kidladi davlat rahbari.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida yangi «Keskanyor» chegara punkti ning o‘tkazuvchanlik quvvati amaldagi «Do‘stlik» punktidan ikki baravar yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Yangi punkt ishga tushgach, yuk tashish hajmini 2–3 baravar oshirish va chegaradan o‘tish vaqtini o‘rtacha bir haftaga qisqartirish rejalashtirilgan.

Теглар

Мавзуга оид

Toshkent–Andijon pulli yo‘li qurilishi 2027 yilda boshlanadi — Prezident | Vaqt.uz