Logo

TVS Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun imkoniyatlarni kengaytirib, korporativ va biznes kartalarni ishga tushirmoqda

Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli banking ekotizimi TVS Uzbekistan TBC Biznes'da korporativ va biznes kartalar ishga tushirilganini e’lon qiladi. Bu ekotizimning kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlar uchun qulay raqamli mahsulotlarni rivojlantirish strategiyasining bir qismidir.

TVS Uzbekistan kichik va o‘rta biznes uchun imkoniyatlarni kengaytirib, korporativ va biznes kartalarni ishga tushirmoqda

Ushbu kartalar biznes hisobvarag‘idagi puldan xaridlar, xizmatlar uchun to‘lov, ish uchrashuvlari, xizmat safarlari va boshqa vakillik xarajatlari uchun foydalanish imkonini beradi. Biznes karta yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan naqd pul yechish ham mumkin. Korporativ karta esa yuridik shaxslarga mo‘ljallangan va faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun foydalaniladi. Ikkala karta ham Visa Business Platinum asosida chiqariladi. Karta egalari Visa Business Platinum imtiyozlaridan, jumladan, aeroportlardagi CIP-zallarga tashrif buyurish hamda Visa dasturi shartlari asosida taqdim etiladigan maxsus takliflardan foydalanishi mumkin.

Biznes kartalar

Biznes kartalar tadbirkorlar uchun kundalik bank vazifalarini bank kassasiga murojaat qilmasdan onlayn hal qilish imkonini beruvchi to‘liq raqamli yechimning bir qismi sifatida yaratilgan. Masalan, QR, SoftPOS yoki terminal orqali to‘lovni qabul qilish, yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish, xaridlar uchun to‘lov qilish va naqd pul yechib olish — va bularning barchasi kecha-yu kunduz va bankka tashrif buyurmagan xolda. Filialning ish vaqtini aniqlash yoki uni xaritadan qidirish shart emas. Tadbirkor bankomatdan pul yechishi mumkin, bank xizmatlari esa telefonda mavjud.

Biz biznesning bank bilan o‘zaro munosabati shaxsiy to‘lovlar uchun ilovadan foydalanish kabi oddiy va tushunarli bo‘la oladi, deb hisoblaymiz. Biznes karta bizning taklifimizni yanada kuchaytiradi: tadbirkor zarur xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirishi va naqd pulni bevosita biznes hisobidan yechib olishi mumkin. Shu bilan birga, biz shaxsiy va biznes mablag‘larini aralashtirish odatini o‘zgartirishga yordam bermoqchimiz. Tadbirkor tushumni shaxsiy kartaga o‘tkazsa, hisob yuritish va rejalashtirish qiyinlashadi: biznes uchun mablag‘lar oilaviy xaridlarga, oilaviy jamg‘armalar esa biznesning joriy vazifalariga sarflanishi mumkin. Qulay biznes karta esa bu oqimlarni ajratishga yordam beradi. Bozor uchun bu qulaylikni yo‘qotmagan holda ko‘proq shaffoflik demakdir, — deydi TVS Uzbekistan bosh direktori Nika Kurdiani.

Korporativ kartalar

Korporativ kartalar g‘oyasi asosida tadbirkorlarga nafaqat hisobdan kartaga pul o‘tkazish, balki vakillik xarajatlarini boshqarish imkoniyatini taqdim etish, qog‘ozbozlik va vaqt sarfini kamaytirish yotadi.

TBC Biznes korporativ kartani to‘lov vositasidan kompaniya xarajatlarini boshqarish vositasiga aylantirmoqda. Yakin orada biznes xodimlar va turli operatsiyalar uchun shaxsiy limitlarni o‘rnatishi, moliyaviy nazoratni yo‘qotmagan holda to‘lovlarni taqsimlashi mumkin bo‘ladi. Bu xodimlar uchun moliyaviy erkinlik va rahbarlar uchun shaffoflikning yangi darajasidir: kompaniya xarajatlarni amalga oshirilgandan keyin emas, balki oldindan nazorat qiladi, — deydi Nika Kurdiani.

TBC Biznes 2024-yilning dekabr oyidan buyon rivojlanib kelmoqda. Shu vaqt ichida unga 45 mingdan ortiq tadbirkor qo‘shildi.Bugun tadbirkor TBC Biznes ilovasini yuklab olib, onlayn ro‘yxatdan o‘tishi va hisobvaraq ochishi, yagona QR-kodga buyurtma berishi, to‘lovlarni qabul qilishni boshlashi, kontragentlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishi, endi esa korporativ va biznes kartalardan ham foydalanishi mumkin. Bularning barchasi bankka bir marta ham bormasdan amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumot: YTT uchun biznes karta Visa Platinum | TBCBANK.UZ

Reklama

Теглар

Мавзуга оид