add

Toshkentda ichimlik suvi rejali o‘chiriladi (ro‘yxat)

05.09.2025 | 15:2014502

8 sentyabrdan 10 oktyabrgacha Toshkentning barcha tumanlarida ichimlik suvi bosimi pasayishi yoki ta’minotning vaqtincha to‘xtashi kutilmoqda.

Toshkentda ichimlik suvi rejali o‘chiriladi (ro‘yxat)
«Toshkent shahar suv ta’minoti» matbuot xizmati ma’lum qilishicha, cheklovlar katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida amalga oshiriladigan profilaktika va ta’mirlash ishlari tufayli joriy etilmoqda. Rejaga ko‘ra, har bir tumanda suv ta’minoti navbatma-navbat to‘xtatilib, qisman bosim pasayishi ham mumkin. Birinchi cheklovlar 8 sentyabrdan Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida boshlanadi. Keyingi kunlarda Yashnobod, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Shayxontohur, Sergeli, Yangihayot, Bektemir, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida ham belgilangan jadvalga ko‘ra suv ta’minoti vaqtincha cheklanadi. Profilaktika ishlari davomida aholiga zarar yetmasligi uchun suv tashuvchi maxsus avtotsisternalar yo‘naltiriladi. Maxsus jadvalda cheklovlar vaqti va manzillari aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, aholi suvdan oldindan zaxira qilish tavsiya etiladi. Ma’lumot uchun markaziy dispetcherlik xizmati va har bir tuman dispetcherlik telefonlari orqali murojaat qilish mumkin. Ro‘yxat bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Teglar

Mavzuga oid