Logo

Bosh vazirga bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasi bo‘yicha senator so‘rovi yuborildi

Бугун 18:542 дақиқа

Hukumatdan maxsus reyestrga tashkilotlar tomonidan yuborilgan so‘rovlar statistikasi, ularning natijasi va bazaga kiritilgan shaxslarning mehnat faoliyati yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish so‘ralgan.

Bosh vazirga bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish masalasi bo‘yicha senator so‘rovi yuborildi © Фото: Бош вазир матбуот хизмати

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar bilan ishlaydigan tashkilotlarga zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etgan shaxslarning ishga qabul qilinishining oldini olish hamda ushbu toifadagi shaxslar reyestridan amaliyotda foydalanish holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovga senator so‘rovi yuborildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.

Qayd etilishicha, senator Malika Qodirxonova tomonidan yuborilgan so‘rovda sog‘liqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar sodir etgan shaxslarga oid maxsus reyestrning bugungi holati va undan amaliyotda foydalanish darajasi yuzasidan ma’lumot berish so‘ralgan.

Shuningdek, Hukumatdan voyaga yetmaganlar bilan ishlaydigan davlat organlari va tashkilotlar tomonidan mazkur reyestrdagi ma’lumotlarni olish uchun yuborilgan so‘rovlar soni, ularning natijalari hamda reyestrga kiritilgan shaxslarning mehnat faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirishlar berilishi talab qilingan.

Bundan tashqari, so‘rovnomada ushbu yo‘nalishda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etish va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berilishi nazarda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2023 yil 11-aprelda qabul qilingan qonunga muvofiq, alohida toifadagi (bolalarga qarshi jinoyat sodir etgan) shaxslarning ta’lim, tarbiya, sog‘lomlashtirish, sport va ijodiy tashkilotlarida ishlashi, umuman, bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi qat’iyan taqiqlangan va ularning maxsus reyestrini yuritish belgilangan edi.

Prezidentning 2026 yil 3-martdagi PF-33-sonli Farmoni bilan esa ushbu maxsus reyestr yuritish tizimini takomillashtirish va tashkilotlarga undan foydalanish imkoniyatini yaratish vazifasi qo‘yilgan. Biroq, senatorlarga ko‘ra, amaliyotda mazkur talablarning ijrosi va nazorat mexanizmlarining qo‘llanilishida qator ochiq masalalar saqlanib qolmoqda.

Теглар

Мавзуга оид