Logo

«Garant bank» Boshqaruv raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Бугун 19:521 дақиқа

«Apex bank» Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Sharof Ikramov «Garant bank» Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

«Garant bank» Boshqaruv raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Sharof Renatovich Ikramov «Garant bank» Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Ushbu tayinlov O‘zbekiston Markaziy banki bilan kelishilganidan so‘ng rasman kuchga kiradi.

Bunga qadar Sharof Ikramov 2024 yilning oktabr oyidan buyon «Apex Bank» Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Joriy yilning 6-noyabr kuni u ushbu lavozimdan ozod etilgan.

U qator tijorat banklarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. Xususan, «Apex Bank» rahbariyatiga o‘tishidan avval «ANORBANK» Kuzatuv kengashi raisining maslahatchisi bo‘lgan. 2021–2023 yillarda esa «Uzum Bank» (sobiq «Bank Apelsin») Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

O‘z mehnat faoliyatini 2004 yilda «Kapitalbank» tizimida boshlagan Ikramov to 2021 yilga qadar mazkur bankda turli mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.

Sharof Ikramov 1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2004 yilda Toshkent moliya institutining bakalavriat bosqichini, 2007 yilda esa mazkur oliygohning magistraturasini tamomlagan.

Теглар

Мавзуга оид