Himoyami yoki buyruqbozlik? Nega ilovalar majburiy o‘rnatilmoqda?
Davlat idoralari fuqarolardan turli mobil ilovalarni o‘rnatishni talab qilmoqda. Biroq bu ilovalarda to‘planayotgan shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi va ularning tarqalishi uchun javobgarlik masalasi haligacha ochiq. Vaqt.uz navbatdagi intervyuda ekspertlar ishtirokida ayni shu masalalarni tahlil qildi.
So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda fuqarolarga turli mobil ilovalarni o‘rnatish bo‘yicha talablar kuchaymoqda. Talabalardan «Xavfsiz talaba» ilovasini o‘rnatish so‘ralayotgani, ko‘chalarda esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari fuqarolarni «APK Qo‘riqchi» ilovasini yuklab olishga undayotgani jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi.
Bu jarayonda bir nechta muhim savol yuzaga chiqadi: fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari qayerda saqlanadi, ulardan kim foydalanishi mumkin, ilova ishlab chiquvchilari qanday javobgarlikka ega va eng muhimi, davlat tashkilotlari fuqarolarni bunday ilovalarni o‘rnatishga majburlash huquqiga egami? Vaqt.uz jurnalisti navbatdagi intervyuda IT mutaxassisi Alisher Tojiyev va huquqshunos Dilshod Hoshimov bilan aynan shu masalalarni muhokama qildi.
Теглар






