Logo

Kolumbiyada 7,4 balli zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 570 kishi jarohatlandi.

Kolumbiyada 7,4 balli zilzila sodir bo‘ldi © AP

Kolumbiyada 10-avgust kuni 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 132 kishi halok bo‘lgan, 570 dan ortiq odam jarohatlangan. Bu haqda mamlakat prezidenti Abelardo de la Esprielya ma’lum qildi.

3

Foto: Reuters

Kolumbiya geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan 07:34 da sodir bo‘lgan. Uning markazi Choko departamentidagi San-Xose-del-Palmar hududida, taxminan 100 kilometrdan ortiq chuqurlikda joylashgan.

4

Foto: Getty Images

photo_2026-08-11_10-59-42

Foto: AP


Asosiy silkinishdan keyin bir qator aftershoklar ham qayd etilgan. Zilzila mamlakatning boshqa hududlarida ham sezilgan.

5

Foto: Getty Images

photo_2026-08-11_11-00-48

Foto: AP

Mamlakatda umummilliy favqulodda holat e’lon qilindi. Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolganlarni izlash va qutqarish ishlarini davom ettirmoqda. Qutqaruv ishlari davom etayotgani sababli qurbonlar soni yana ortishi mumkin.

6

Foto: Reuters

photo_2026-08-11_11-01-55

Foto: AP


Zilzila mamlakatning g‘arbiy qismidagi bir qator shaharlarda katta vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan. Pereyra, Kali va Manisalesda 1500 dan ortiq turar joy jiddiy zararlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 60 ga yaqin bino butunlay qulab tushgan. Jumladan, 18 ta shifoxona va 52 ta maktab binosi ham zarar ko‘rgan.

7

Foto: Getty Images


Ma’lumot uchun, zilzila Abelardo de la Esprielya prezidentlik lavozimiga kirishganidan uch kun o‘tib sodir bo‘ldi. U iyun oyidagi saylovning ikkinchi bosqichida Ivan Sepedani ortda qoldirib, mamlakat prezidenti etib saylangan edi.

Теглар

Мавзуга оид

Kolumbiyada 7,4 balli zilzila sodir bo‘ldi | Vaqt.uz