Logo

O‘zbekiston ikki karra Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibiga aylandi

Бугун 16:151 дақиқа

So‘nggi 11-turda faqatgina Muhiddin Madaminov ukrainalik raqibi Roman Dehtyarovni yutdi. Qolgan ishtirokchilar – Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindorov va Nodirbek Abdusattorovlar esa o‘yinni durang bilan yakunladi.

O‘zbekiston ikki karra Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibiga aylandi © Ijtimoiy tarmoqlar

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Samarqandda o‘tkazilayotgan olimpiadada ikkinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar 11-turda Ukraina bilan bahsni yakunlamasdan turib chempionlikni rasman kafolatladi. Bunga asosiy raqib Hindistonning Vengriya bilan durang qayd etgani sabab bo‘ldi. Natijada O‘zbekiston turnir jadvalidagi peshqadamlikni saqlab qoldi.

O‘zbekiston 10 turdan keyin Hindistondan bir ochko oldinda edi: 18 ga 17. Mamlakat musobaqaning dastlabki 7 turining barchasida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bahslarda Hindiston ustidan 2.5:1.5, Xitoy ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonildi. 8-turda Germaniya g‘alabali seriyani to‘xtatdi, ammo jamoamiz darhol o‘zini tiklab, 9-turda turnirning birinchi raqamli saralangan jamoasi — AQSH mag‘lub etdi, 10-turda esa Armaniston 3.5:0.5 hisobida taslim etildi. Nihoyat — Ukrainaga qarshi so‘nggi g‘alaba oltin medal masalasini hal qildi.

Olimpiadada faqatgina Muhiddin Madaminov ukrainalik raqibi Roman Dehtyarovni yutdi. Qolgan ishtirokchilar – Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindorov va Nodirbek Abdusattorovlar esa o‘yinni durang bilan yakunladi. Natijada O‘zbekiston Ukrainaga qarshi o‘yinda 2,5:1,5 hisobida g‘olib bo‘ldi.

Теглар

Мавзуга оид