O‘zbekistonda eng ko‘p YTH qaysi hududlarda qayd etilgan?
To‘qqiz oy davomida mamlakatda 3,4 mingga yaqin yo‘l-transport hodisasi qayd etilib, ular oqibatida 5 581 kishi jabrlangan.
© Foto: Toshkent shahri YHXB2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekiston bo‘ylab jami 3 391 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Ushbu avariyalar oqibatida 5 581 nafar kishi jabr ko‘rgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar
Respublika bo‘yicha eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan — 471 ta. Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida qayd etildi — 77 ta.
Boshqa hududlardagi holat quyidagicha taqsimlangan:
— Toshkent viloyati — 459 ta;
— Toshkent shahri — 458 ta;
— Namangan viloyati — 342 ta;
— Farg‘ona viloyati — 340 ta;
— Andijon viloyati — 219 ta;
— Qashqadaryo viloyati — 215 ta;
— Surxondaryo viloyati — 199 ta;
— Jizzax viloyati — 145 ta;
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 140 ta;
— Xorazm viloyati — 127 ta;
— Navoiy viloyati — 117 ta;
— Buxoro viloyati — 82 ta.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha jarimalar va ball hisoblashning yangi tartibi belgilanganligi haqida xabar berilgandi.





