Logo

O‘zbekistondagi banklar o‘rtasida naqd pul taqsimoti elektron tizimga o‘tkaziladi

Бугун 12:252 дақиқа

Elektron tizim orqali ortiqcha naqd pulga ega banklar mablag‘larini boshqa banklarga taklif qilishi, pulga ehtiyoji bor banklar esa elektron talabnoma yuborishi mumkin.

O‘zbekistondagi banklar o‘rtasida naqd pul taqsimoti elektron tizimga o‘tkaziladi © ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekistonda banklar tomonidan naqd pul bilan ishlash, banknot va tangalarni muomalaga chiqarish hamda banklar o‘rtasida pul mablag‘larini taqsimlashning yangi tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, «O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma» 2026-yil 17-noyabrda 3977-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Hujjat banklarni naqd pul bilan ta’minlash, aholi va tadbirkorlik subektlariga naqd pul berish, banknot va tangalarni muomalaga chiqarish, shuningdek, banklar o‘rtasida naqd pul mablag‘larini taqsimlash tartibini belgilaydi.

Elektron taqsimot va oylik prognozlar

Yangi tartibga muvofiq, endi banklar o‘rtasida naqd pul taqsimoti «Naqd pullarning elektron maydoni» dasturiy majmuasi orqali elektron shaklda tashkil etiladi. Ushbu tizim orqali ortiqcha naqd pulga ega banklar boshqa banklarga mablag‘ taklif qiladi, naqd pulga ehtiyoji bo‘lgan banklar esa elektron talabnoma yuboradi. Naqd pullar banklar o‘rtasida inkassatsiya xizmati orqali yetkazib beriladi.

Shuningdek, yo‘riqnomaga ko‘ra, banklar har oyda naqd pul kirimi va chiqimi bo‘yicha prognoz tayyorlashi shart. Ushbu prognozlar tegishli oy boshlanishidan kamida 3 bank ish kuni oldin elektron shaklda taqdim etiladi. Qayd etilishicha, bu tartib bank tizimida naqd pulga bo‘lgan ehtiyojni oldindan aniqlash va mablag‘larni taqsimlash jarayonini rejalashtirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq moliyaviy muammoga uchragan banklarni saqlab qolish tartibi belgilani haqida ma’lumot berilgandi.

Теглар

Мавзуга оид