Logo

Qirg‘iziston Andijonda o‘z Bosh konsulxonasini ochadi

Sadir Japarov Andijon shahrida Bosh konsulxona ochish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Yangi vakolatxona Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarini qamrab oladi.

Qirg‘iziston Andijonda o‘z Bosh konsulxonasini ochadi © Foto: kg24.news

Qirg‘iziston Respublikasi O‘zbekistonning Andijon shahrida o‘z Bosh konsulxonasini ochadi. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tegishli farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, yangi diplomatik vakolatxonaning konsullik okrugi O‘zbekistonning uchta hududini — Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarini qamrab oladi.

Bosh konsulxonaning asosiy vazifasi sifatida O‘zbekistonda bo‘lib turgan Qirg‘iziston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularga konsullik xizmati ko‘rsatishni ta’minlash belgilangan. Shuningdek, mazkur vakolatxonaning ochilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytirishga, fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasiga Bosh konsulxonani ochish bilan bog‘liq tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal qilish, shuningdek, zarur normativ hujjatlarni ushbu farmonga muvofiqlashtirish topshirildi.

Mazkur farmon 10 kundan so‘ng rasman kuchga kiradi.

Теглар

Мавзуга оид