Logo

Yevropada 12 ta yo‘lovchi samolyotiga bomba o‘rnatilgani haqida xabar yuborildi

Бугун 08:302 дақиқа

Parvozlarga qiruvchi samolyotlar hamrohlik qilgan.

Yevropada 12 ta yo‘lovchi samolyotiga bomba o‘rnatilgani haqida xabar yuborildi © Photograph: Gonzalo Fuentes/Reuters

Yevropa bo‘ylab parvoz qilayotgan kamida 12 ta yo‘lovchi samolyotiga bortga portlovchi qurilma o‘rnatilgani haqida ogohlantirishlar kelib tushdi, oqibatda bir qator reyslar yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda 5-noyabr kuni «Sky News» telekanali ma’lum qildi.

Xabarlarga ko‘ra, Dublindan Rimga uchayotgan Irlandiyaning «Aer Lingus» aviakompaniyasi samolyoti Fransiyadagi Evre harbiy bazasiga yo‘naltirilgan. «Finnair» aviakompaniyasining Xelsinkidan Rimga uchayotgan samolyotiga esa Italiya harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari hamrohlik qilgan. Shuningdek, Bolgariya havo hududida «Ryanair» kompaniyasining ikkita samolyoti ham qiruvchilar nazorati ostiga olingan.

Ma’lum qilinishicha, «LOT», «Wizz Air» va «Aegean Airlines» aviakompaniyalarining Yevropaning turli aeroportlariga yo‘l olgan reyslariga ham bomba tahdidi haqida xabarlar yuborilgan. Parvozlar to‘xtatilib, samolyotlar ko‘zdan kechirilganda hech qanday portlovchi qurilma topilmagan.

Italiyaning «ANSA» agentligi xabariga ko‘ra, Italiya hududida qabul qilingan tahdid xabarlari «„Mujskoye gosudarstvo“ jangchilari» nomidan yuborilgan. Biroq ushbu Rossiya internet-harakatining mazkur voqealarga haqiqatan ham aloqasi bor-yo‘qligi hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, 3-noyabr kuni ham Yevropa bo‘ylab harakatlangan kamida yettita reysga bortda bomba borligi haqida xuddi shunday yolg‘on xabarlar kelib tushgan va tekshiruvlar natijasida hech qanday xavf aniqlanmagan.

Yevropa davlatlari rasmiylari yolg‘on minalashtirish to‘g‘risidagi ushbu ketma-ket xabarlarga kimlar aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida hozircha rasmiy bayonot bergani yo‘q.

Теглар

Мавзуга оид