add

Tramp har bir amerikalikka 2000 dollardan to‘lashni va’da qildi

Bugun 10:111262

AQSH prezidenti Donald Tramp tashqi savdo bojlari oshirilishi ortidan yig‘ilgan mablag‘lardan fuqarolarga kamida 2000 dollardan dividend to‘lash rejasini e’lon qildi.

Tramp har bir amerikalikka 2000 dollardan to‘lashni va’da qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakat fuqarolariga tashqi savdo bojlari hisobiga shakllanadigan maxsus fonddan kamida 2000 dollar miqdorida to‘lov amalga oshirishni va’da qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. Ushbu to‘lovlar yuqori daromadli shaxslardan tashqari deyarli barchaga taalluqli bo‘ladi.

«Har bir insonga (yuqori daromadlilarni hisobga olmagan holda!) kamida 2000 dollar dividend to‘lanadi», — dedi Tramp. Shu bilan birga, u AQSH hozirda «dunyoning eng boy va eng hurmatli mamlakati»ga aylanganini ta’kidladi va bojlarga qarshi chiquvchilarni «ahmoqlar» deb atadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 moliyaviy yilida AQSH byudjeti boj to‘lovlaridan 195 mlrd dollar daromad olgan. Bu 2024 yilga nisbatan 118 mlrd dollarga ko‘p. Kongressning budjet boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda AQSH byudjeti tanqisligi 1,81 trln dollarni tashkil etgan.

Tramp, shuningdek, savdo bojlaridan tushgan mablag‘larni 37 trln dollarlik davlat qarzini qisqartirish va fuqarolarni moddiy rag‘batlantirish uchun ishlatish rejasini e’lon qildi. Oktyabrda u Xitoyga nisbatan yangi 500 foiz boj stavkalarini joriy etish orqali Ukraina uchun «G‘alaba fondi»ni tuzish niyatida ekanini bildirgandi. Biroq keyinchalik tomonlar savdo bahslarining bir qismini hal qilishga muvaffaq bo‘ldi.

30-oktabr kuni AQSH rahbari Xitoyga nisbatan fentanil muammosi bilan bog‘liq joriy etilgan tariflarni 20 foizdan 10 foizgacha pasaytirishini aytdi. Bunga javoban Pekin AQSHdan keltiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan bojlarni bekor qildi.

Mavzuga oid

Tramp har bir amerikalikka 2000 dollardan to‘lashni va’da qildi | Vaqt.uz