Logo

AQSH va Turkmaniston ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Muzokaralar paytida siyosiy, iqtisodiy, savdo va energetika sohalarida Turkmaniston-AQSH munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqildi.

AQSH va Turkmaniston ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Turkmanistonning AQSHdagi elchisi Esen Aydogdiyev AQSH senatori Stiv Deyns bilan Vashingtonda uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Turkmaniston diplomatik missiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

 Muzokaralar paytida siyosiy, iqtisodiy, savdo va energetika sohalarida Turkmaniston-AQSH munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqildi. Kelgusida bo‘ladigan ikki tomonlama tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv ishtirokchilari ikki mamlakat o‘rtasida muntazam muloqotni davom ettirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

Теглар

Мавзуга оид