Logo

Bir oy davomida komissiyasiz pul o‘tkazmalari: Click Welcome-Bonus’ni ishga tushirdi

Бугун 18:552 дақиқа

Click’ning yangi foydalanuvchilari dastlabki 30 kun davomida pul o‘tkazmalarini komissiyasiz amalga oshirishi mumkin. Welcome-Bonus doirasida jami 3 mln so‘mgacha mablag‘ni komissiyasiz o‘tkazish imkoniyati beriladi.

Bir oy davomida komissiyasiz pul o‘tkazmalari: Click Welcome-Bonus’ni ishga tushirdi

24-sentabrda Click yangi foydalanuvchilar uchun Welcome-Bonus taklifini ishga tushirdi. Bonus ro‘yxatdan o‘tish va shaxsni tasdiqlashdan so‘ng avtomatik tarzda faollashadi. Buning uchun promokod, obuna yoki qo‘shimcha ariza talab etilmaydi.

Taklifdan foydalanish uchun Click ilovasini yuklab olish, ro‘yxatdan o‘tish va ilovada shaxsni tasdiqlash kifoya. Shundan so‘ng Welcome-Bonus 30 kun davomida yoki o‘tkazmalarning umumiy summasi 3 mln so‘mga yetgunga qadar amal qiladi — qaysi biri avvalroq bo‘lsa.

Click ilovasini avvalroq o‘rnatgan, ammo ilovada hali shaxsini tasdiqlamagan foydalanuvchilar ham bonusni olishi mumkin.

Welcome-Bonus’ni 2026-yil 24-oktabrgacha faollashtirish mumkin. Bonus muddati tugagach yoki 3 mln so‘mlik limitga yetgach, pul o‘tkazmalariga Click’ning standart tariflari qo‘llanadi. Hech narsani o‘zingiz o‘chirishingiz shart emas.

Aksiyaning batafsil shartlari bilan
havola orqali tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun, Click — O‘zbekistonning yetakchi fintex kompaniyasi va milliy raqamli to‘lovlar bozori liderlaridan biri. Kompaniya xizmatlaridan 24 milliondan ortiq kishi foydalanadi. 2024-yilda Click superilovaga aylanib, to‘lovlar va sug‘urtadan tortib logistika, avtomobil xizmatlari va xayriyagacha bo‘lgan yo‘nalishlarda o‘zining hamda hamkorlarining xizmatlarini yagona platformada birlashtirdi. 2026-yil yanvar oyida kompaniya sun’iy intellektga asoslangan Cleo raqamli yordamchisini ishga tushirib, Click’ning intellektual va shaxsiylashtirilgan xizmatlari qatorini kengaytirdi. Click 1-sonli to‘lov tashkiloti litsenziyasiga ega va PCI DSS 4.0.1 standarti bo‘yicha sertifikatlangan. Kompaniyaning ustuvor investitsiya yo‘nalishlari qatoriga sun’iy intellekt, yashil energetika yechimlari va ijtimoiy tashabbuslar kiradi.

Instagram | LinkedIn | Telegram

Reklama

Теглар

Мавзуга оид