Logo

BRB-TECH ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida banklar, biznes va davlat uchun o‘z tajribasini namoyish etdi

Бугун 19:582 дақиқа

Kompaniya onlayn banking, masofaviy bank xizmatlari, xalqaro to‘lovlar, P2P xizmatlari, masofadan bank hisob raqamini ochish va boshqa ko‘plab raqamli xizmatlarni joriy etish bilan shug‘ullanadi.

BRB-TECH ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida banklar, biznes va davlat uchun o‘z tajribasini namoyish etdi

Bugun bank va fintex kompaniyalari uchun raqamlashtirish shunchaki zamonaviy ilova yaratishdan iborat emas. Tizim yuklamasi oshganda uning tezligi, ma’lumotlar bazasi, xavfsizlik va mavjud infratuzilma bilan integratsiya kabi masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu sababli biznesga faqat kod yozib beradigan dasturchi emas, balki kompaniyaning real muammolarini tushunib, ularga mos texnologik yechim taklif qila oladigan hamkor kerak.

BRB Tech kompaniyasi esa o‘zini aynan shunday texnologik hamkor sifatida taqdim etmoqda.

Kompaniya vakillarining aytishicha, ICTWEEK 2026 haftaligida BRB Tech dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi kompaniya sifatida emas, balki biznes jarayonlarini o‘rganib, ularga mos yechimlar ishlab chiqadigan texnologik hamkor sifatida o‘z imkoniyatlarini namoyish etmoqda.

Kompaniyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri — fintex va moliya sektori. Bu sohada BRB Tech onlayn banking, masofaviy bank xizmatlari, xalqaro to‘lovlar, P2P xizmatlari, masofadan bank hisob raqamini ochish va boshqa ko‘plab raqamli xizmatlarni joriy etish bilan shug‘ullanadi.

BRB Tech yondashuvida esa tayyor dasturiy mahsulotni shunchaki taqdim etish bilan cheklanilmaydi. Kompaniya vakillariga ko‘ra, avvalo platformadagi mavjud muammolar o‘rganiladi, audit o‘tkaziladi va biznesga aynan qaysi yechim kerakligi aniqlanadi. Shundan keyingina optimal texnologik taklif ishlab chiqiladi.

Kompaniya davlat organlari bilan integratsiya bo‘yicha ham tajribaga ega ekanini ta’kidlamoqda. Shu sababli BRB Tech o‘z mijozlariga nafaqat dasturiy ta’minot, balki biznes jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar va tayyor texnologik yechimlarni ham taklif qilmoqda.

Yangi to‘lov texnologiyalari

ICTWEEK 2026 doirasida kompaniya yangi to‘lov texnologiyalarini ham namoyish etmoqda. Ular qatorida “tabassum to‘lovi” va kaft orqali to‘lov texnologiyalari bor.

Kompaniya vakillarining qayd etishicha, ushbu yechimlar tashrifchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Yangi to‘lov texnologiyalari bank sektori bilan birga biznes egalari uchun ham xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yangilash va mijozlarga yangi imkoniyatlar taqdim etishga xizmat qilishi mumkin.

Теглар

Мавзуга оид