Logo

O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan energetika va tog‘-kon sanoatida yangi loyihalarni amalga oshiradi

Shavkat Mirziyoyev Antaliyada Saudiya Arabistoni vaziri Abdulaziz bin Salmon bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan energetika va tog‘-kon sanoatida yangi loyihalarni amalga oshiradi © Foto: president.uz

Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligining energetika vaziri hamda sanoat va mineral resurslar vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida vazir O‘zbekiston yetakchisiga Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ko‘p qirrali hamkorligi hamda keng ko‘lamli sherikligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda aloqalar jadal rivojlanib, yirik loyihalar portfeli shakllangani, shundan asosiy qismi «yashil» energetika tarmog‘iga to‘g‘ri kelayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda neft-gaz, neft-kimyo, tog‘-kon sanoati va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, aniq amaliy takliflarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

Теглар

Мавзуга оид