Logo

O‘zbekistonda bir kunda 256,5 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi

Кеча 22:511 дақиқа

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,9 foizga o‘sgan.

O‘zbekistonda bir kunda 256,5 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi © X

2026 yilning 11-noyabr kuni O‘zbekistonda jami 256,5 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga (2025 yil 11-noyabr — 254,2 mln kVt·soat) nisbatan 2,3 million kVt·soat yoki 0,9 foizga ko‘p demakdir. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, umumiy ishlab chiqarilgan energiyaning katta qismi issiqlik elektr stansiyalari (IES) hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, o‘tgan yilgiga nisbatan shamol va gidroelektr stansiyalarida (GES) katta o‘sish kuzatilgan.

Ishlab chiqarish manbalari bo‘yicha taqsimot quyidagicha:

• Issiqlik elektr stansiyalari (IES): 217,1 mln kVt·soat. Bu o‘tgan yilga (221,4 mln kVt·soat) nisbatan 1,9 foizga kam.
• Gidroelektr stansiyalari (GES): 19 mln kVt·soat. O‘tgan yilgi (13,5 mln kVt·soat) ko‘rsatkichga nisbatan 40,7 foizlik sezilarli o‘sish.
• Quyosh stansiyalari: 10,9 mln kVt·soat. O‘tgan yilga (15,2 mln kVt·soat) nisbatan 28,3 foizga kamaygan.
• Shamol stansiyalari: 6,3 mln kVt·soat. Eng katta o‘sish aynan shu manbada qayd etildi — o‘tgan yilgi 1,2 mln kVt·soatga nisbatan 425 foizga ko‘p.
• Blok stansiyalari: 3,1 mln kVt·soat. O‘tgan yilga (2,7 mln kVt·soat) nisbatan 14,8 foizlik o‘sish.
• Kichik quvvatli quyosh panellari: 0,1 mln kVt·soat. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichning (0,2 mln kVt·soat) teng yarmiga (50 foizga kamayish) teng.

Теглар

Мавзуга оид