Logo

O‘zbekistonda narxlarni kuzatish uchun «NarxStat» platformasi ishga tushirildi

Бугун 18:441 дақиқа

Yangi platforma orqali oziq-ovqat va yonilg‘ining tumanlar kesimidagi narxlari, uy-joy bozori indeksi hamda inflatsiya ko‘rsatkichlarini kuzatish mumkin.

O‘zbekistonda narxlarni kuzatish uchun «NarxStat» platformasi ishga tushirildi © Foto: stat.uz

Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda narxlar statistikasiga oid ochiq ma’lumotlarni jamlovchi «NarxStat» platformasini ishga tushirdi. Unda asosiy iste’mol tovarlari va yonilg‘i narxlaridan tortib, uy-joy bozori ko‘rsatkichlarigacha bo‘lgan ma’lumotlar joylashtirilgan.

Platforma narx.stat.uz manzilida ishlaydi. U orqali O‘zbekistondagi iste’mol narxlari indeksi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va yonilg‘ining hududlar hamda tumanlar kesimidagi haftalik o‘rtacha narxlari bilan tanishish mumkin.

Shuningdek, tizimda uy-joy bozori narxlari indeksi va sanoat ishlab chiqaruvchilari narxlari indeksi ham taqdim etiladi.

Ma’lumotlarni yuklab olish mumkin

«NarxStat» foydalanuvchilari inflatsiya va iste’mol xarajatlari kalkulatorlaridan ham foydalanishi mumkin. Bu vositalar orqali narxlar o‘zgarishi va iste’mol xarajatlariga oid hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Platformadagi ma’lumotlarni CSV va JSON formatlarida yuklab olish mumkin. Shuningdek, ma’lumotlarga API orqali ro‘yxatdan o‘tmasdan kirish imkoniyati ham yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning aprel oyida Markaziy bank Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida narxlar monitoringi platformasi — «narxtahlil.uz»ni ishga tushirgandi.

Ushbu platformada 30 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining respublika, hudud, tuman va shaharlar kesimidagi haftalik o‘rtacha narxlarini kuzatish mumkin. Bundan tashqari, unda narxlarning o‘tgan haftaga nisbatan o‘zgarishi, iste’mol narxlari indeksi va inflatsiya ko‘rsatkichlari ham joylashtirilgan.

Теглар

Мавзуга оид