Logo

Saida Mirziyoyeva Parijda Emmanuel Makron bilan uchrashdi

Бугун 22:231 дақиқа

Uchrashuvda mudofaa, xavfsizlik, sun’iy intellekt va iqtisodiy loyihalar muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva Parijda Emmanuel Makron bilan uchrashdi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali


O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 11-noyabr kuni Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi.

«Parijda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvda unga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomini yetkazdim. Mudofaa, xavfsizlik, kibertexnologiyalar va sun’iy intellektdan tortib, yirik iqtisodiy va gumanitar loyihalargacha bo‘lgan yo‘nalishlarda strategik sherikligimizni rivojlantirish haqida fikr almashdik», - deb yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Теглар

Мавзуга оид

Saida Mirziyoyeva Parijda Emmanuel Makron bilan uchrashdi | Vaqt.uz