Logo

JCH-2026. Braziliya Marokash bilan durang qayd etdi

Bugun 05:101 daqiqa

Vinisius gol urdi.

JCH-2026. Braziliya Marokash bilan durang qayd etdi

2026 yilgi Jahon chempionatida S guruhida 1-tur boshlandi.

Markaziy o‘yinda Braziliya Marokash bilan bahs yuritib, teng kurashlar ostida kechgan bellashuvda ochkolarni bo‘lishib oldi. Saybarining goliga Vinisius javob berdi.

«Pentakampeonlar» safida Neymar jarohat sabab o‘yinni o‘tkazib yubordi.

JCH-2026. S guruhi. 1-tur
Braziliya — Marokash 1:1

13-iyun. Ist-Ruterford
Gollar: Vinisius (32) – Saybari (21).
Braziliya
 — Alisson, Markinos, Gabriel, Ibanes (Danilo, 46), Duglas Santos, Kazemiro (Fabinio, 46), Gimaraes (Danilo Santos, 80), Rafinya, Paketa (Kunya, 61), Vinisius, Tiago (Luis Enrike, 62).
Marokash — Bunu, Hakimi, Mazraui (Saloh-Eddin, 80), Diop, Riad, Unai (Al Murabet, 65), Al Hannus (Amaimuni, 80), Al Aynaui, Buaddi, Saybari (Rahimi, 89), Dias (Talbi, 65).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (37), Ibanes (43).

Mavzuga oid