«Click» 15 yoshga to‘ldi
Kompaniya bu yillar davomida o‘zining ko‘plab ilk qadamlarini tashladi. USSD orqali to‘lovlar, banklarning tizimga ulanishi, birinchi million foydalanuvchi, avtomatik to‘lovlar va QR orqali to‘lash imkoniyatining paydo bo‘lishi shular jumlasidan. Har bir yangilik ortida insonlar, ularning g‘oyalari, uzoq muhokamalar, xatolar ustida ishlash va qabul qilinishi oson bo‘lmagan qarorlar turardi. Vaqt o‘tishi bilan dastlabki to‘lov xizmati kundalik hayot uchun zarur ko‘plab xizmatlarni birlashtirgan SuperApp darajasigacha rivojlandi.

2011-yilda O‘zbekistonning minglab oilalarida haqiqiy mo‘’jiza yuz berdi: kimdir ilk bor o‘g‘lini bag‘riga bosdi, kimdir qizalog‘ining ilk yig‘isini eshitdi. Yosh ota-onalarni hali uyqusiz tunlar, ilk tabassumlar, ilk qadamlar va ilk so‘zlar kutib turardi. O‘shanda ular farzandlari qanday ulg‘ayishini, nimalarni orzu qilishini va kelajakda kim bo‘lishni istashini hali bilmasdi. Ular shunchaki hayotlarida jajji yangi inson paydo bo‘lganidan quvonishardi.
Bugun shu bolalar o‘n besh yoshga to‘lgan. Ayrimlarining bo‘yi esa allaqachon ota-onasinikidan baland. Ular maktabni bitirish arafasida, do‘stlar orttirgan, ilk mustaqil qadamlarini tashlamoqda, kelajak uchun rejalar tuzmoqda va asta-sekin katta dunyoni kashf etmoqda. Ota-onalari esa ularni ilk bor bag‘riga bosgan o‘sha kunni hamon eslashadi. 2011-yilda shu bolakaylar bilan bir kunda «Click» kompaniyasi ham dunyoga kelgan.
«Click» asoschilari ham uyqusiz tunlarni, hayajonli damlarni, dastlabki qiyinchiliklar va quvonchli lahzalarni boshdan kechirdi. Ko‘p narsani o‘z tajribalariga tayanib o‘rganishga, xato qilishga, qayta urinib ko‘rishga, qabul qilgan qarorlariga ishonishni o‘rganishga to‘g‘ri keldi. Har bir muvaffaqiyat yangi imkoniyatlarni ochdi, ular bilan birga esa yangi tashvishlar va mas’uliyat ham paydo bo‘ldi. O‘shanda bu g‘oya o‘n besh yildan keyin qanday natija berishini hech kim aniq ayta olmasdi. Aslida, har qanday katta yo‘lning boshida uning qanday kechishini tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, keskin o‘zgaruvchi dunyoda.
Vaqt qanday o‘tganini sezmay qolamiz
O‘n besh yil avval bugun biz uchun odatiy bo‘lgan ko‘plab qulayliklargina hayotimizga kirib kelayotgan edi. Mobil telefonlardan asosan qo‘ng‘iroq qilish va xabar yozish uchun foydalanilardi. Kommunal xizmatlar haqini to‘lash yoki telefon hisobini to‘ldirish uchun esa ko‘pincha kassaga borishga to‘g‘ri kelardi. Bularning barchasini telefon orqali bajarish imkoniyati o‘sha paytda hali ko‘pchilik o‘rganishi kerak bo‘lgan yangilik edi.
Bolalar ulg‘ayib borar ekan, ular yashayotgan dunyo ham o‘zgarardi. Ular o‘qish va yozishni o‘rgandi, ilk gadjetlari bilan tanishdi, internet olamini kashf eta boshladi. Kattalar esa shu orada mobil to‘lovlar, pul o‘tkazmalari va kundalik yumushlarni hal qilishning yangi usullarini o‘zlashtirdi. Bir paytlar tushuntirish va ko‘rsatmalar talab qilgan texnologiyalar asta-sekin hayotimizning shu qadar odatiy qismiga aylandikki, endi ular haqida deyarli o‘ylamay ham qo‘ydik.
«Click» ham bu yillar davomida o‘zining ko‘plab ilk qadamlarini tashladi. USSD orqali to‘lovlar, banklarning tizimga ulanishi, birinchi million foydalanuvchi, avtomatik to‘lovlar va QR orqali to‘lash imkoniyatining paydo bo‘lishi shular jumlasidan. Har bir yangilik ortida insonlar, ularning g‘oyalari, uzoq muhokamalar, xatolar ustida ishlash va qabul qilinishi oson bo‘lmagan qarorlar turardi. Vaqt o‘tishi bilan dastlabki to‘lov xizmati kundalik hayot uchun zarur ko‘plab xizmatlarni birlashtirgan SuperApp darajasigacha rivojlandi.
Vaqtning bir qiziq xislati bor: katta o‘zgarishlarni ko‘pincha ular sodir bo‘layotgan paytda sezmaymiz. Bir kuni kechagina qo‘limizdan yetaklab yurgan bolamizning bo‘yi o‘zimizdan ham oshib ketganini ko‘rib, uning qachon bunchalik ulg‘ayganiga hayron qolamiz. O‘z odatlarimiz qanday o‘zgarganini ham payqamaymiz. Faqat ba’zan ilgari oddiy bir yumushning o‘zi qancha vaqt va kuch talab qilganini eslab qolamiz.
Ammo ortda qolgan o‘n besh yilni xotirlasak, ko‘z oldimizga eng avvalo texnologiyalar emas, hayotimizdagi unutilmas lahzalar keladi. Kimdir to‘y kunini yoki farzandi dunyoga kelgan lahzani eslaydi. Yana kimdir ilk ish suhbatini, talabalikdagi do‘stlarini, uzoq kutilgan sayohatini yoki uzoq ayriliqdan so‘ng nihoyat uyiga qaytgan oqshomni xotirlaydi. Oilaviy bayramlar, kutilmagan uchrashuvlar va baxtli tasodiflar yodimizda qoladi. Balki boshdan kechirgan og‘ir kunlarimizni, bugun oramizda bo‘lmagan yaqinlarimizni yoki yangi orzular yo‘lida voz kechishga to‘g‘ri kelgan eski niyatlarimizni ham eslarmiz.
O‘n besh yilda ko‘p narsa o‘zgaradi. Shaharlar, uylar, kasblar, atrofimizdagi insonlar. Ayrim orzularimiz ushaladi, boshqalari esa vaqt o‘tishi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotib, o‘rnini yangi maqsadlarga bo‘shatadi. Shunday bo‘lsa-da, eng aziz xotiralarimiz ko‘pincha oddiygina lahzalar bilan bog‘liq bo‘ladi: telefon go‘shagidan eshitilgan onamizning ovozi, oila davrasidagi kechki ovqat, bolalarning beg‘ubor kulgisi yoki uzoq vaqt ko‘rishmagan yaqin insonning bag‘riga bosishi.
Kundalik hayotimiz ham asta-sekin o‘zgarib boradi. Ota-onamizga pul yuborish, uyga qaytish uchun chipta xarid qilish, oilaviy bayramga hozirlik ko‘rish yoki yaqinlarimizga yordam berish endi o‘n besh yil avvalgidek ko‘p vaqt va kuch talab qilmaydi. Bu oddiy amallar ortida ulkan texnologik mehnat mujassam. Ammo xotiramizda to‘lovlar yoki ularning tasdiqlanishi emas, balki nima uchun va kimlar uchun ularni amalga oshirganimiz qoladi. Balki shuning uchundir, «Click» yubileyiga bag‘ishlangan videorolikning bosh qahramoni na ilova, na kompaniyaning o‘zi, balki vaqt bo‘ldi. Loyiha muallifi — «Click» kreativ prodyuseri Mixail Dubrovskiy.
«Click» — 15 yil biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Reklama





