Logo

Ish joylarida o‘limlar ko‘paydi. Qaysi sohalarda baxtsiz hodisalar ko‘p?

Кеча 15:053 дақиқа

2026 yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 771 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Ularda 847 nafar kishi jabrlanib, 231 nafari halok bo‘ldi.

Ish joylarida o‘limlar ko‘paydi. Qaysi sohalarda baxtsiz hodisalar ko‘p? © Sun'iy intelekt

O‘zbekistonda ishlab chiqarish va mehnat faoliyatidagi baxtsiz hodisalar oqibatida vafot etganlar soni yil boshidan buyon 231 nafarga yetdi. Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning dastlabki o‘n oyida mamlakat bo‘yicha 771 ta shunday hodisa qayd etilgan. Ularning 189 tasi inson o‘limi bilan yakun topgan.

Jabrlanganlar soni o‘tgan yilning shu davridagi 742 nafardan 847 nafarga ko‘paygan. Bu esa 14,2 foizlik o‘sishni anglatadi. Halok bo‘lganlar soni ham 2025 yilning yanvar–oktabr oylaridagi 194 nafardan 231 nafargacha ko‘tarilib, 19,1 foizga oshgan.

Qaysi sohalarda baxtsiz hodisalar ko‘proq?

Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning o‘n oyida mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning aksariyati sanoat-ishlab chiqarish va qurilish sohalariga to‘g‘ri kelgan.

Soha

Hodisalar soni

Umumiy hodisalardagi ulushi

Sanoat va ishlab chiqarish

259

33,6%

Qurilish

217

28,1%

Boshqa sohalar

169

21,9%

Savdo va xizmat ko‘rsatish

36

4,7%

Transport va logistika

26

3,4%

Qishloq va suv xo‘jaligi

23

3,0%

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar

23

3,0%

Ta’lim

18

2,3%

Sanoat va qurilish sohalarida birgalikda jami 476 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. Bu raqam umumiy ko‘rsatkichning qariyb 61,7 foizini tashkil qiladi.

Hududlar kesimida esa eng ko‘p baxtsiz hodisa Toshkent shahrida qayd etilgan — 155 ta holat. Keyingi o‘rinlarni Toshkent viloyati (106 ta) va Qashqadaryo viloyati (71 ta) egallagan.

Navoiy viloyatida 65 ta, Buxoro viloyatida 63 ta, Andijon va Samarqand viloyatlarining har birida 54 tadan hodisa kuzatilgan. Farg‘ona viloyatida 44 ta, Sirdaryoda 34 ta, Namanganda 30 ta va Qoraqalpog‘istonda 27 ta holat aniqlangan. Eng kam ko‘rsatkich Xorazm viloyatiga tegishli — 20 ta hodisa.

Qurilishdagi o‘limlar soni ortib bormoqda

Qurilish sohasidagi statistika alohida e’tiborga loyiq. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026 yil yanvar oyida e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda qurilishda 204 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan va ular oqibatida 71 nafar ishchi vafot etgan.

2025 yilda esa hodisalar soni 234 taga, halok bo‘lganlar soni 99 nafarga yetgan. Bir yilda baxtsiz hodisalar 14,7 foizga, o‘limlar esa qariyb 39,4 foizga ko‘paygan.

Joriy yilning dastlabki o‘n oyida qurilishda 217 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. Bu 2025 yilning butun davomida qayd etilgan 234 ta hodisaning qariyb 93 foiziga teng. Biroq 2026 yil bo‘yicha qurilish sohasining o‘zida halok bo‘lganlar soni mazkur statistikada alohida ochiqlanmagan.

Vazirlik qurilish maydonlaridagi baxtsiz hodisalarning asosiy omillari sifatida mehnat xavfsizligi talablariga rioya etmaslik, ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlamaslik, qurilish obyektlarida doimiy nazoratning yo‘qligi va rahbarlarning mas’uliyatga yetarlicha e’tibor qaratmasligini ko‘rsatgan.

Mehnat inspeksiyasi 10 mingdan ortiq xavfsizlik qoidabuzarligini aniqladi

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan tashqari, mehnat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan nazorat natijalari ham vaziyatning boshqa tomonini ko‘rsatadi.

Davlat mehnat inspeksiyasi 2026 yilning yanvar–sentabr oylarida 15 122 ta nazorat va o‘rganish tadbirini o‘tkazgan. Ularda mehnat qonunchiligining 36 133 ta buzilishi aniqlangan. Shundan 25 521 tasi mehnat va aholi bandligi qonunchiligiga, 10 612 tasi esa bevosita mehnatni muhofaza qilish sohasiga taalluqli bo‘lgan.

Tekshiruvlar natijasida jami 7 983 ta ma’muriy jarima qo‘llanilgan. Ularning umumiy qiymati 22,39 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shundan 8,65 mlrd so‘mi undirilgan.

Inspeksiya shuningdek, ish beruvchilar o‘rtasida mehnat qonunchiligi va xavfsizlik talablarini tushuntirish bo‘yicha 13 373 ta profilaktika tadbirini o‘tkazgan.

Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar oilalariga qancha mablag‘ to‘landi?

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oqibati faqat jarohat yoki inson o‘limi bilan cheklanmaydi. Bunday holatlarda jabrlangan xodimlarning davolanishi, mehnat qobiliyatini yo‘qotishi va halok bo‘lganlarning oilalari moddiy ta’minoti masalasi ham yuzaga keladi.

Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–oktabr oylarida baxtsiz hodisalarda jabrlanganlar va halok bo‘lganlarning oilalari foydasiga bir martalik hamda oylik to‘lovlar ko‘rinishida jami 16 mlrd 637 mln so‘m undirib berilgan.

2025 yilda esa baxtsiz hodisalar bilan bog‘liq zararni qoplash maqsadida 285 ta da’vo arizasi kiritilgan. Ularning 209 tasi qanoatlantirilib, ish beruvchilardan 10 mlrd 584 mln so‘m undirilgan.

Теглар

Мавзуга оид