Logo

Saida Mirziyoyeva «Aman Group» va «Capital Group» rahbarlari bilan uchrashdi

Кеча 17:411 дақиқа

Kompaniyalardan biri dunyo bo‘ylab eksklyuziv kurortlar tarmog‘iga ega, 21 ta mamlakatda 36 ta mehmonxona, kurort va rezidensiyasi bor.

Saida Mirziyoyeva «Aman Group» va «Capital Group» rahbarlari bilan uchrashdi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva «Aman Group» raisi Vladislav Doronin hamda «Capital Group» direktorlar kengashi raisi Pavel Tyo bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘z sahifasida post joyladi.

Uning yozishicha, suhbatda Buxoroda turizm sohasini rivojlantirish yuzasidan fikr almashilgan. Administratsiya boshlig‘i O‘zbekiston tarixiy merosga avaylab yondashadigan xalqaro brendlar bilan sheriklikka ochiq ekani, bunday tashabbuslar mamlakatning sayyohlik salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, 1998-yilda Shveysariyada tashkil etilgan «Aman Group» butun dunyo bo‘ylab eksklyuziv kurortlar tarmog‘iga ega (21 ta mamlakatda 36 ta mehmonxona, kurort va rezidensiya, yana 10 ta loyiha e’lon qilingan). 2015-yildan buyon guruhga Vladislav Doronin rahbarlik qilmoqda. U, shuningdek, Rossiyaning «Capital Group» developerlik kompaniyasi asoschisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxorodagi turizm markazi bitsa, mahalliy budjetga tushadigan yillik tushum qancha bo‘lishi aytilgandi. O‘zbekiston turizm eksportida 6 milliard dollarlik marrani muddatidan 4 yil avval zabt etgandi.

Теглар

Мавзуга оид