add

IIVda saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlar bazasiga tashqi manbalar kirolmaydi — IIV

Bugun 17:531 daqiqa

Ichki ishlar vazirligi o‘z tasarrufidagi barcha axborot tizimlarining xavfsizligi to‘liq ta’minlanganligi va tashqi kirish imkoniyati yo‘qligini rasman ma’lum qildi.

IIVda saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlar bazasiga tashqi manbalar kirolmaydi — IIV

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat axborot tizimlaridan O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari tarqalgani haqidagi xabarlar yuzasidan Ichki ishlar organlari rasmiy munosabat bildirdi. Bayonotda aytilishicha, Ichki ishlar organlari tasarrufidagi barcha axborot tizimlarining xavfsizligi to‘liq ta’minlangan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, mazkur tizimlarda saqlanayotgan shaxsga oid ma’lumotlar daxlsizligi qonunchilik talablariga muvofiq ravishda himoyalangan. Axborot tizimlariga tashqi manbalar orqali noqonuniy kirish imkoniyati mavjud emasligi alohida ta’kidlangan.

Shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanishi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda hukumat tizimlaridan kamida 15 million O‘zbekiston fuqarosining shaxsiy ma’lumotlari o‘g‘irlangani va «Dark Web»ga joylashtirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sizdirilgan bazada fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlar va boshqa shaxsiy axborotlar bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi matbuot kotibi Usmon Abdurasulovning Vaqt.uzʼga ma’lum qilishicha, hakerlar census.stat.uz saytidan ma’lumotlarni olib chiqib ketolmagan.

«Bizning bazada aholi vakillarining rasmlari ko‘rinmaydi. So‘rovnomada ham hech kimdan fotosurat talab qilinmagan. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, hech qanday ma’lumotlar statistika qo‘mitasining platformasidan olib chiqilmagan. Bu bo‘yicha to‘liq rasmiy munosabatni yaqin orada e’lon qilamiz», — dedi Usmon Abdurasulov.

Teglar

Mavzuga oid