add

Qirg‘iziston va Qozog‘iston 2027 yilda MDH o‘yinlarini o‘tkazishdan voz kechdi

01.10.2025 | 11:481294

Birida pul, birida esa imkon yo‘q.

Qirg‘iziston va Qozog‘iston 2027 yilda MDH o‘yinlarini o‘tkazishdan voz kechdi
Qirg‘iziston va Qozog‘iston 2027 yilda MDH o‘yinlarini o‘tkazishdan voz kechdi. Hamdo‘stlik mamlakatlarining Jismoniy tarbiya va sport kengashi boshqa davlatlarga musobaqalarni o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etdi. Qozog‘iston 2027 yildagi MDH davlatlari o‘yinlaridan voz kechdi, chunki undan bir yil oldin mamlakat keng ko‘lamli sport tadbirlarini, jumladan «Kelajak o‘yinlari»ni o‘tkazish joyiga aylanadi. Qirg‘iziston esa moliyaviy sabablarga ko‘ra 2027 yilda MDH o‘yinlarini o‘z hududida o‘tkaza olmaydi. 29 sentyabr kuni Ganjada MDH mamlakatlari o‘yinlari doirasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchilarining Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi. MDH mamlakatlari o‘yinlari to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ularni o‘tkazish joyi va muddati haqidagi qaror mezbon davlat bilan kelishilgan holda qabul qilinadi. O‘yinlar, odatda, MDH davlatlarida alifbo tartibida navbatma-navbat o‘tkaziladi. Ilgari MDH ijroiya qo‘mitasi Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlariga MDH davlatlarining to‘rtinchi o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha so‘rovnoma va takliflar yuborgan edi. Biroq vakillar o‘z mamlakatlarining 2027 yilda MDH o‘yinlarini o‘tkazish imkoniyati yo‘qligini ma’lum qilishdi. MDH mamlakatlarining III O‘yinlari Ozarbayjonning yetti shahrida o‘tkazilmoqda va 8 oktyabrda yakunlanadi. Dasturga sportning 21 turi bo‘yicha musobaqalar kiritilgan bo‘lib, ularda jami 505 ta medal to‘plami o‘yin qo‘yilgan. Eslatib o‘tamiz, MDH mamlakatlarining I O‘yinlari 2021 yil sentyabr oyida Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Qirg‘izistondan 126 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Mavzuga oid