Logo

«Asakabank»ka yangi boshqaruv raisi tayinlandi

Бугун 15:232 дақиқа

Endi bankni bank-moliya sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega Irakli Elashvili boshqaradi.

«Asakabank»ka yangi boshqaruv raisi tayinlandi © Ipoteka bank

«Asakabank» AJ boshqaruvi raisi lavozimiga Irakli Davidovich Elashvili tayinlandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Elashvili moliya va bank sohasida 20 yildan ortiq xalqaro tajribaga ega. U 2025 yildan 2026 yil sentabrigacha «Ipotekabank» boshqaruvi raisining o‘rinbosari, shuningdek, korporativ bank xizmatlari va bozor instrumentlari bloki rahbari lavozimida ishlagan.

U faoliyati davomida Buyuk Britaniyaning «Barclays Bank», Fransiyaning «BNP Paribas», Gruziyaning «TBC Capital» va «FINCA Bank Georgia» moliya tashkilotlarida turli rahbarlik lavozimlarini egallagan. Shuningdek, «Hamkorbank» kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi bo‘lgan.

Xalqaro bank tajribasi

Irakli Elashvili 2002-yilda Tbilisi davlat universitetining bank ishi va moliya yo‘nalishini tamomlagan. 2008-yilda esa «London Business School»da biznes boshqaruvi bo‘yicha MBA darajasini olgan.

Uning kasbiy faoliyatida xalqaro banklar va moliya institutlaridagi rahbarlik tajribasi muhim o‘rin tutadi. Xususan, korporativ bank xizmatlari, bozor instrumentlari va moliyaviy boshqaruv yo‘nalishlarida ishlagan.

«Asakabank» ma’lumotiga ko‘ra, yangi rahbar zimmasiga bankning strategik rivojlanishini ta’minlash, transformatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish, raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish kabi vazifalar yuklatilgan.

Shuningdek, bankning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va xususiylashtirish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish ustuvor strategik vazifalardan hisoblanadi.

Теглар

Мавзуга оид