Ramazonda Qur’on xatm qilgan qorilarga Prezident nomidan 10 mln so‘mdan hadya topshirildi

Bugun 11:251 daqiqa

Ramazon oyida O‘zbekistondagi qariyb 20 ming nafar diniy soha xodimlariga «Vaqf» fondi orqali moddiy yordam ajratildi.

Ramazonda Qur’on xatm qilgan qorilarga Prezident nomidan 10 mln so‘mdan hadya topshirildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Ramazon oyida qariyb «Vaqf» fondi orqali qariyb 20 ming nafar diniy soha xodimlariga 80 milliard so‘mdan ziyod moddiy yordam ajratilgan.

Jumladan, mamlakat bo‘ylab taroveh namozlarida Qur’on xatm qilingan qariyb 1800 ta masjidda xizmat qilgan 3600 nafardan ortiq qorilarning har biriga 10 million so‘mdan hadya topshirilgan.

Shu bilan birga, Ulamolar kengashining 100 dan ortiq faxriy a’zolariga ham 10 million so‘mdan moddiy rag‘bat berilgan.

Respublikadagi barcha jome’ masjidlari imom-xatiblariga — 7 mln so‘m, mudarrislarga — 4 mln so‘m, otinoyi va mahalla mullalariga — 2 mln so‘mdan hadya berilgan. Masjidlarda faoliyat yurituvchi muazzin, qorovul va masjid tozalovchilarga esa 1 mln so‘mdan ajratilgan.

Ehtiyojmandlarga — 1,05 trln

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyida ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,05 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirishni belgilab bergan edi.

16-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda «Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi» shiori ostidagi kompleks chora-tadbirlar taqdim etildi. Ularni amalga oshirish uchun «Vaqf» xayriya jamoat fondiga 750 mlrd so‘m, Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali esa yana 300 mlrd so‘m ajratilishi belgilandi.

Ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi, shuningdek, nogironligi bor shaxslarning davolanish va jarrohlik amaliyotlari xarajatlarini qoplash nazarda tutilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid