Logo

Zoyir Mirzayev amfiteatrni ta’mirlashga 7 mlrd so‘m sarflamoqchi

Кеча 15:051 дақиқа

Mablag‘lar viloyat budjetining daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan ishlatiladi. Andijon hokimi esa Toshkentdagi tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishga 600 mln so‘m ajratdi.

Zoyir Mirzayev amfiteatrni ta’mirlashga 7 mlrd so‘m sarflamoqchi © Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Nurafshon shahrining «Yangi O‘zbekiston bog‘i» hududidagi amfiteatr binosini mukammal qilib ta’mirlash uchun 7 milliard so‘m ajratdi.

16-noyabr kuni Mirzayev imzosi bilan tasdiqlangan hokimlik farmoyishiga ko‘ra, pullar viloyat budjetining II chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan «Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi» DUK hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov esa 2026-yil 25–27-noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «Ipak yo‘lida turizm» Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi, uning doirasidagi Birinchi turizm sohasidagi xalqaro investitsiya forumi hamda BMT Turizm tashkilotining «2027-yil Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili»ning tantanali ochilish marosimida Andijon viloyati delegatsiyasining yuqori saviyada ishtirokini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun viloyat budjetining 2026 yil zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 602 million 704 ming 800 so‘m ajratdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiva shahar hokimligi gul xarid qilish, ijtimoiy himoya, mahalla binosini yangidan qurish va boshqa masalalar uchun budjetdan umumiy hisobda 2 mlrd 230 mln so‘m, Toshkent shahar hokimligi yo‘llarni ta’mirlashga 2,6 mlrd so‘mdan ortiq pul ajratgandi.

Теглар

Мавзуга оид