
“Doimiy sukut tarixiy dog‘ qoldiradi” – siyosatshunoslar ruslarning chiqishlari va MO hukumatlari pozitsiyasi haqida
Kecha 23:101 daqiqa
Dastur davomida, shuningdek, so‘nggi vaqtlarda jazava tusini olayotgan rus propagandasi, targ‘ibot faollarining Markaziy Osiyo va jumladan, O‘zbekiston suverenitetiga nisbatan tahdidli bayonotlari hamda bu chiqishlarning mazmuni masalasi ham tahlil qilindi. Dastur mehmonlari – siyosatshunoslar Farhod Tolipov va Farhod Karimov bo‘ldi.
Ukraina va Rossiya o‘rtasida deyarli to‘rt yildan buyon davom etayotgan urush va uni tugatish borasidagi harakatlar, Erondagi norozilik namoyishlari, Grenlandiyaga ko‘z tikkan Tramp hamda Suriyada qayta jonlangan harbiy harakatlar — bugun nafaqat dunyo OAV yangiliklar tasmasi, balki xalqaro siyosiy muhokamalar markazida turgan mavzular to‘rtligi.
Bu to‘rt mavzu bilan bog‘liq eng so‘nggi yangiliklarni esa kengroq, batafsilroq tahlil qilish, tushunish zarurati ham yuqoriki, “Fikr vaqti”ning navbatdagi soni ayni shu mavzular tahliliga bag‘ishlanadi.
Teglar






