
Eron valyutasi denominatsiya qilindi: undan to‘rtta nol olib tashlanadi
Qarorga muvofiq, 10 ming riyol bir riyolga tenglashtiriladi.

Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon mamlakat valyutasini denominatsiya qilish haqidagi farmonni imzoladi va bu haqda Markaziy bankni xabardor qildi, deya yozmoqda Eron rahbari ma’muriyati.
«Pizishkiyon Markaziy bankni Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunning 58-moddasi «a» bandiga kiritilgan o‘zgartirish kuchga kirgani haqida xabardor qildi (bu o‘zgartirish milliy valyutani denominatsiya qilishni nazarda tutadi)», - deyiladi bayonotda.
Shunday qilib, milliy valuta to‘rtta nolini yo‘qotadi — 10 ming riyol bir riyolga tenglashtiriladi. Shuningdek, yangi valuta birligi - qiron joriy etiladi, u riyolning yuzdan biriga teng bo‘ladi. Uch yillik o‘tish davri rejalashtirilgan bo‘lib, bu davrda mamlakatda ikki xil muomala tamoyili amal qiladi: eski va yangi riallardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Denominatsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi oktabr oyi boshida Eron parlamenti tomonidan qabul qilindi. 144 deputat yoqlab ovoz berdi, 108 nafari qarshi chiqdi, yana uch nafari betaraf qoldi.
Riyalni denominatsiya qilish rejasi ilk bor 2019 yilda Eron hukumati tomonidan taklif etilgan va o‘shandan beri ko‘plab o‘zgarishlarga uchragan. 2024 yilda Pizishkiyon 1979-yilgi Islom inqilobidan oldin mamlakatda ishlatilgan valuta — riyolni tuman deb o‘zgartirishni taklif qilgan edi, ammo bu tashabbus rad etildi.





