add

Asosiy stavka masalasi: iqtisodchilar ertangi qarori haqida nima deydi?

Kecha 20:183853 daqiqa

Markaziy bank 11-dekabr kuni, ya’ni ertaga asosiy stavkani e’lon qiladi. Vaqt.uz bir nechta iqtisodchilarning ushbu masala yuzasidan bildirgan fikr va mulohazalarini jamladi.

Asosiy stavka masalasi: iqtisodchilar ertangi qarori haqida nima deydi?

11-dekabr kuni (ertaga) Markaziy bank asosiy stavkani e’lon qiladi. Oxirgi marta 24-oktabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda inflatsiya xavflari, inflyatsion kutilmalar yuqoriligi va narxlar ko‘tarilishi ehtimoli inobatga olingan holda asosiy stavka 14 foiz miqdorida o‘zgarishsiz qoldirilgan edi.

Ma’lumot uchun, asosiy stavka oxirgi marta 2025 yil 20-martda 0,5 foiz bandga oshirilgan. Shundan beri stavkada hech qanday o‘zgarish bo‘lgani yo‘q.

Vaqt.uz bir nechta iqtisodchilarning asosiy stavka bo‘yicha ertangi qarori haqidagi prognozi va mulohazalarini to‘pladi.

bakriov


Iqtisodchi Otabek Bakirov fikri

Iqtisodchi Otabek Bakirov stavka 60 foiz ehtimol bilan o‘zgarishsiz qolishi, 40 foiz ehtimol bilan esa 0,5 foiz bandga pasayishi mumkinligini ta’kidladi. 

Unga ko‘ra, qulay tashqi kon’yunktura (oshayotgan oltin va mis narxi, importning ma’muriy jilovlanishi) hamda so‘m mustahkamlanayotganiga qaramay, ichki omillar baribir ehtiyotkorlikni talab qiladi. Xususan, kredit kanallari yana faollashmoqda, fiskal rag‘batlantirish davom etmoqda. Dekabr–fevralda energetikadagi nobarqarorlik va energiya narxlari ta’siri ham inobatga olinsa, pul-kredit sharoitlarini qattiq ushlab turish maqsadga muvofiq. Bakirovning fikricha, asosiy stavkani bahorgacha o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘ri bo‘ladi.

Iqtisodchi Bahodir G‘aniyev fikri

bugungi kunda inflatsiya 10 foizdan past, Markaziy bankning 14 foizlik stavkasi esa yuqori darajada. Bu asosan inflyatsiyani jilovlash va pul massasining keskin o‘sib ketishini cheklash uchun qo‘llaniladi. Biroq bunday yuqori stavka iqtisodiy o‘sishni, ayniqsa xususiy sektor faolligini sekinlashtiradi.

G‘aniyevning taxminicha, ertaga stavka pasaytirilishi mumkin. Lekin Markaziy bank odatda stavkani bir martada 2–3 foizga tushirmaydi — eng ko‘pi 1 foiz yoki yarim foizdan bosqichma-bosqich tushiradi.

U iqtisoddagi inqirozsimon jarayonlar, tashqi bozorlarda sotuv bilan bog‘liq qiyinchiliklar, yuqori tilla narxi orqali olinayotgan qo‘shimcha daromadlar kabi omillarni hisobga olgan holda, stavkani kamida 1 foizga tushirish ehtimoli bor, deb hisoblaydi.

Uningcha, optimal stavka bugungi sharoitda 10–11 foiz atrofida bo‘lishi kerak. Bu ish o‘rinlari yaratilishini rag‘batlantirishi, biznes faolligini oshirishi va aholi hamda tadbirkorlar uchun kreditdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashi mumkin.

4


Iqtisodchi Fozil Dodiyev fikri

Menimcha, Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgartirmaydi. Ammo inflatsiya darajasini tushirish uchun asosiy stavkani oshirish lozim. Chunki Markaziy bank oldiga inflyatsiyani 5 foizga tushirish vazifasi qo‘yilgan. 

Uning fikricha, asosiy stavka amalda bozordagi foiz stavkalarini keskin o‘zgara olmaydi, chunki pul-kredit siyosati transmissiya mexanizmi samarali ishlamaydi.

Dodiyev ta’kidlaydiki, stavka pasayishi faqat makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanganidan keyingina ijobiy natija beradi. Agar inflatsiya pasaysa va asosiy stavka shunga mos ravishda kamaytirilsa, bu tadbirkorlar va aholi uchun kreditlarning mavjudligini oshiradi. Ammo hozirgi sharoitda inflatsiya, asosiy stavka va bozor foiz stavkalari o‘rtasida katta farq bor.

Iqtisodchilarning umumiy fikriga ko‘ra, ertangi qaror inflatsiya dinamikasi, bozordagi faollik va tashqi iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.

Teglar

Mahliyo Hamidova

Mahliyo HamidovaMaqolalar soni: 16

Barchasi

Mavzuga oid

Asosiy stavka masalasi: iqtisodchilar ertangi qarori haqida nima deydi? | Vaqt.uz