add

Devid Bekxemga ritsarlik unvoni berildi

Bugun 20:551561

Angliya terma jamoasining sobiq sardori futbol va Britaniya jamiyati oldidagi xizmatlari uchun ritsarlik unvoniga sazovor bo‘ldi.

Devid Bekxemga ritsarlik unvoni berildi

Qirol Karl III Berkshirdagi Vindzor qasrida o‘tkazilgan marosimda 50 yoshli futbolchi Devid Bekxemni ritsarlikka ko‘tardi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Angliya terma jamoasining sobiq sardori futbol va Britaniya jamiyati oldidagi xizmatlari uchun ritsarlik unvoniga sazovor bo‘ldi. Bekxem ritsarlikka ko‘tarilganidan juda faxrlanishini aytdi:

«Odamlar mening qanchalik vatanparvar ekanligimni bilishadi — men o‘z vatanimni sevaman. Men har doim monarxiyaning oilam uchun qanchalik muhimligini ta’kidlab kelganman. Butun dunyo bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldim va barcha odamlar men bilan faqat bizning monarxiyamiz haqida suhbatlashishni istaydi. Men bundan faxrlanaman».

Vindzor qasrida Bekxemga uning rafiqasi Viktoriya hamda ota-onasi Sandra va Devid hamrohlik qilishdi.

2017 yilda moda sohasidagi xizmatlari uchun Britaniya imperiyasi ordeni ofitseri unvoniga sazovor bo‘lgan Viktoriya Bekxem turmush o‘rtog‘i marosimda kiygan kostyumni o‘zi loyihalashtirib tikkan. «Qirol Karl mening kostyumimdan juda ta’sirlandi», - dedi Bekxem.

Devid Bekxem «Manchester Yunayted», «Real Madrid», «Milan», PSJ, «Los-Anjeles Gelaksi» klublarida to‘p surgan. «Yunayted» tarkibida u olti marta Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqqan, 1999 yilda esa Chempionlar ligasi sovrindori bo‘lgan. U Angliya terma jamoasi safida 115 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urgan. Hozirda Bekxem Lionel Messi o‘ynayotgan AQSHning «Inter Mayami» futbol klubining hamtasischilaridan biri hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid

Devid Bekxemga ritsarlik unvoni berildi | Vaqt.uz