add

Octobank 2025-yil yakunlarini sarhisob qiladi: moliyaviy o‘sish, innovatsiyalar va xalqaro e’tirof

Bugun 18:203 daqiqa

2025-yilda Octobank 255,9 milliard so‘mdan ortiq rekord darajadagi foydaga erishdi, ITIM reytingidagi kichik banklar TOP 3-taligi qatoriga kirdi, shuningdek, yangi raqamli yechimlarni joriy etdi. Octo-Mobileda endi Alipay+ va JETT platformasi orqali sarmoya kiritish, metroda esa – MyID Palm kaft bilan to‘lash imkoniyati mavjud.

Octobank 2025-yil yakunlarini sarhisob qiladi: moliyaviy o‘sish, innovatsiyalar va xalqaro e’tirof

Moliyaviy ko‘rsatkichlar

Sof foyda: 255,9 mlrd so‘m ($21,3 mln) - 2025-yil yakunlari bo‘yicha rekord ko‘rsatkich.

Aktivlar: 12,20 trln so‘m ($1 014,7 mln). O‘sish $769,9 mln (2024-yilga nisbatan +314%)

Mijozlar depozitlari: 10,84 trln so‘m ($901,5 mln). O‘sish $755,0 million (2024-yilga nisbatan +51,5%)

2024-yilga nisbatan dinamika: aktivlar rentabelligi 2,1%, (bir yil avval 4,8%) ni tashkil etdi, xususiy kapital esa 25,1% gacha (19,9%) o‘sdi. Bankning umumiy kapitali $84,9 millionga yetdi, shu jumladan ustav kapitali $41,6 million va kapitalning boshqa tarkibiy qismlari $43,3 millionni tashkil etdi, bu Octobankning barqaror o‘sishi va moliyaviy barqarorligini tasdiqlaydi.

Mijozlar va korporativ ekvayering

Mijozlar bazasi o‘sishda davom etmoqda va 3,6 million kishidan oshdi, bu “Octobank”ni jismoniy shaxslarni qamrab olish bo‘yicha mamlakatning yetakchi kichik banklaridan biriga aylantiradi. 15 000 dan ortiq kompaniyalar Octobank ekvayeringidan foydalanmoqda, 100 mln so‘mgacha bo‘lgan "PreApprove" mikroqarzi esa mijozlarga tez, qulay va onlayn tarzda moliyalashtirish imkoniyatini taqdim etadi.

Xalqaro hamkorlik

Germaniyada bo‘lib o‘tgan SIBOS 2025 ko‘rgazmasida Octobank 20 mamlakatdan kelgan hamkorlar bilan 40 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazib, eksponent sifatida o‘z raqamli yechimlarini taqdim etdi.

Shu bilan birga, 55 dan ortiq mamlakatlarda tarmog‘ining kengayishi va Santander, XJ Bank va CZBANK kabi yangi vakillik hisoblarining ulanishi bankning mavqeini mustahkamladi va transchegaraviy biznes uchun yangi imkoniyatlarni ochdi.

• Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha mijozlar soni: 100+

• Yil boshidan operatsiyalar hajmi: $3,87 mlrd

• To‘lovlar soni: 2 000+

Raqamli yechim va innovatsiyalar

Bank zamonaviy raqamli ekotizimni qurishda davom etmoqda. Xitoyning Alipay+ xizmati bilan integratsiya tufayli mijozlar xorijdagi xaridlarini o‘zbek so‘mida to‘lashlari mumkin, Toshkent metrosida innovatsion MyID Palm kaft bilan to‘lov esa kundalik to‘lovlarni bir zumda va xavfsiz amalga oshiradi.

Ushbu yechimlar raqamli moliyaviy xizmatlar standartlarini shakllantiradi hamda mijozlar va biznes uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Mukofotlar va xalqaro e’tirof

2025-yilda Octobank bozorda raqamli yetakchilikni tasdiqladi: ITIM reytingi bo‘yicha O‘zbekistonning kichik banklari TOP-3 qatoriga kirdi, Moody’s va S&P Global barqaror prognoziga ega b’oldi, brend qiymati esa $30 millionga yetdi.

Bank TAF va Brand24 Awards Internationalda raqamli yechimlar uchun "O‘zbekiston 2024 bank sohasida jadal rivojlanish uchun" mukofotiga sazovor bo‘ldi, E commercye Cyentral Asia Expo 2024 ko‘rgazmasida "Raqamli to‘lovlar yetakchisi" deb tan olindi, TAF!25 bosh homiysi bo‘ldi va Visa versiyasi b’oyicha ikki marta "Eng yaxshi bank-ekvayer" deb topildi.

Korporativ madaniyat va ijtimoiy mas’uliyat

Texnologik yetakchilikni ijtimoiy missiya bilan birlashtirgan holda, Octobank "Mahalla bankiri" loyihalarini amalga oshirmoqda, maktab o‘quvchilarini moliyaviy savodxonlikka o‘rgatmoqda, OCTO-AI-TV sun’iy intellekt videokanalini ishga tushirdi va birinchi yirik korporativ futbol turnirini o‘tkazdi. Respublika bolalar gematologiya va onkologiya markaziga bolalarga quvonch va iliqlik baxsh etgan Yangi yil tashrifi alohida ibratli voqea bo‘ldi.

BOSHQARUV RAISI IQTIBOSI

“2025-yil Octobank uchun barqaror o‘sish va raqamli transformatsiya yili bo‘ldi. Biz ilg‘or yechimlarni joriy etdik, xalqaro ishtirokimizni kengaytirdik, mijozlarning haqiqiy ehtiyojlariga yo‘naltirilgan holda xizmatlarni rivojlantirdik. 2026-yilda ham O‘zbekiston va xorijdagi biznes va mijozlar uchun raqamli ekotizimni rivojlantirishni davom ettiramiz ”, – dedi Octobank boshqaruvi raisi Iskandar Tursunov.

Teglar

Mavzuga oid