add

Tehron Berlinga da’volar bilan chiqdi

11.07.2025 | 22:2041093

Eron MID vakili Ismoil Bekaiy Germaniya kansleri Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun tanqid ostiga oldi. Berlinga xalqaro javobgarlik haqida ogohlantirish ham berildi.

Tehron Berlinga da’volar bilan chiqdi
Germaniya kansleri Mers Isroil rejimining qonunga xilof harakatlari va vahshiyona jinoyatlarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda. Bu haqda Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bekaiy o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi. Uning ta’kidlashicha, kansler Isroilning Eronga hech qanday sababsiz qilgan qurolli hujumi BMT Nizomini qo‘pol ravishda buzish va ochiqdan-ochiq tajovuzkorlik harakati ekanligini yaxshi biladi. Bekaiy yozishicha, «kanslerning Isroil rejimining Eronga qarshi tajovuzkor urushini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashi Germaniya hukumatining Isroilning qonunga xilof va jinoiy harakatlarida ishtirok etgani uchun xalqaro javobgarlikka tortilishiga olib keladi. Germaniya hukumati esa bu holatni e’tiborsiz qoldira olmaydi». Isroil 13 iyundan boshlab Eronga zarbalar berib, yuqori lavozimli harbiylar va yadroviy ob’ektlariga hujum qildi. Eron bunga javoban Isroil hududiga raketalar va dronlar uchirdi. AQSH 22 iyunga o‘tar kechasi mojaroga aralashib, Fordo, Natanz va Isfahondagi yadroviy ob’ektlarga raketalar va bunkerlarga qarshi bombalar bilan zarba berdi. Ikki kundan so‘ng, Eron oldindan ogohlantirgan holda Qatardagi Amerika harbiy bazasiga hujum qildi. 24 iyun kuni Isroil va Eron AQSH bosimi ostida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Biroq, o‘zaro otishmalar yana bir muddat davom etdi.

Teglar

Mavzuga oid