add

Kamida 800 dollar. Qatar o‘zbekistonliklarni ishga chaqirmoqda

O‘zbekistonlik fuqarolar Qatarda mehmonxona sohasida oyiga kamida 800 dollar maosh oladigan ishlarga taklif etilmoqda.

Kamida 800 dollar. Qatar o‘zbekistonliklarni ishga chaqirmoqda
Qatarning Jusour rekruting agentligi bilan hamkorlikda o‘zbekistonliklar uchun mehmonxona sohasida 15 yo‘nalish bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda. Arizalar qabul qilinishi boshlangan. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi. Nomzodlar 21 yoshdan katta bo‘lishi, ingliz tilini kamida B1 darajasida bilishi, sudlanmagan bo‘lishi hamda xorijga chiqishiga taqiq qo‘yilmagan bo‘lishi kerak. Ishga qabul qilinadigan shaxslar Qatarga borish xarajatlaridan ozod qilinadi, ularga ishchi vizasi rasmiylashtiriladi va tibbiy sug‘urta hamda mahalliy transport, turar joy va ovqat bilan ta’minlanadi. Talabgorlardan o‘z ish tajribasini ko‘rsatuvchi, ingliz tilida tuzilgan rezyume talab etiladi. Unda kompaniya nomi, ishlagan yillari va bajargan vazifalari ko‘rsatilishi shart. Ro‘yxatdan o‘tish ishga joylashish kafolati emas. Tanlov faqat ish beruvchilar tomonidan kelgan talabnomalarga asosan amalga oshiriladi. Ayni paytda bu Qatarning o‘zbekistonliklar uchun birinchi ish taklifi emas. Joriy yil 24 mart kuni Hamad Medical Corporation kompaniyasi hamshiralar uchun 2750 dollar maosh taklif etgan edi. O‘shanda 10 ta ish o‘rni taklif qilinib, talablar qatorida 18−50 yosh, kamida 2 yillik ish staji va yuqori darajadagi ingliz tili bilimlari talab etilgan.

Mavzuga oid

Kamida 800 dollar. Qatar o‘zbekistonliklarni ishga chaqirmoqda | Vaqt.uz