add

Tramp nega Isroilning G‘azoga hujumlarini e’tiborsiz qoldirmoqda?

29.10.2025 | 18:406522

AQSH prezidenti G‘azoga qarshi Tel-Avivning 100 dan ortiq kishining umriga zomin bo‘lgan yangi hujumini qo‘llab-quvvatladi.

Tramp nega Isroilning G‘azoga hujumlarini e’tiborsiz qoldirmoqda?

AQSH prezidenti Donald Tramp 29 oktyabr kuni Isroil hujumlarga duch kelganda G‘azoga javob zarbalari berishga to‘liq haqli ekanini bildirdi. U bu haqda Yaponiyadan Janubiy Koreyaga uchayotgan samolyotda jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda NBC News.

Bir kun avval Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu harbiylar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng HAMAS tomonidan yarashuvning buzilishiga javoban G‘azoga yangi zarbalar berishni buyurgan edi. HAMAS harakati bu ayblovlarni rad etdi.

Al Jazeera tibbiy manbalariga ko‘ra, 28-29 oktyabrh kunlari Isroil hujumlari oqibatida 100 kishidan ortiq, jumladan 24 nafar bola halok bo‘lgan.

Tramp bu masalada faqat Netanyahuning Isroil go‘yo faqat G‘azodagi hujumlarga javob berayotgani haqidagi fikriga tayanmoqda.

«Isroilliklar zarbalarga javob berishmoqda — va ularga hujum qilinganda javob berishlari kerak», - deya ta’kidladi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi xavf ostida emas, HAMAS esa «Yaqin Sharqning juda kichik qismi» xolos.

«Ular (HAMAS) o‘zlarini yaxshi tutishlarini va’da qilishdi. Agar shunday bo‘lsa - ular baxtli bo‘lib qolishadi. Aks holda, ularning soni tugaydi», - dedi AQSH prezidenti.

Axios xabariga ko‘ra, Netanyahu harbiy rahbariyat bilan uchrashuv o‘tkazib, ehtimoliy ssenariylarni muhokama qilgan. Manbalarning ma’lum qilishicha, unga G‘azoga hujum qilishni tavsiya qilishgan, biroq u Tramp bilan bog‘lanishga urinib, ikkilanib qolgan. Keyinroq bosh vazir «kuchli va zudlik bilan zarba berish»ni buyurgan.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi yarashuv 10 oktyabrda kuchga kirgan, biroq u bir necha bor buzilgan. 19 oktyabr kuni Isroil armiyasi butun sektor bo‘ylab zarbalar berdi va buni «kelishuvni ochiqchasiga buzish»ga javob deb atadi. O‘shanda AQSH vositachilarni Isroil ehtimoliy hujumga tayyorlanayotgani haqida ogohlantirgan edi.

Vositachilarning bosimi kuchayib borayotganiga qaramay, Tramp Isroilning G‘azoga zarba berish huquqini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi - hujumlar natijasida tinch aholi halok bo‘layotganiga qaramay.

«O‘t ochishni to‘xtatishga hech narsa xavf solmaydi», - deya ta’kidladi prezident va HAMAS «o‘zini to‘g‘ri tutishi kerakligini» qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Neatyahu sulh bitimini buzib, G‘azoga kuchli zarbalar berish to‘g‘risida bo‘yruq bergani haqida xabar qilgan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Tramp nega Isroilning G‘azoga hujumlarini e’tiborsiz qoldirmoqda? | Vaqt.uz